Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK jamoasi xalqaro loyiha boshqaruvi treningini muvaffaqiyatli yakunladi

 TMK jamoasi xalqaro loyiha boshqaruvi treningini muvaffaqiyatli yakunladi 16.02.2026
TMK jamoasi xalqaro loyiha boshqaruvi treningini muvaffaqiyatli yakunladi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati xodimlari Innovatsion rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro trening dasturida ishtirok etib, uni muvaffaqiyatli yakunlashdi.

 

Ushbu trening jahon miqyosida tan olingan PMBOK Guide hamda ISO 21502: Project, Programme and Portfolio Management standartlari asosida ishlab chiqildi.

 

Dastur doirasida:

ilmiy va texnologik loyiha tashabbuslarini shakllantirish;

loyiha byudjetini ishlab chiqish va moliyaviy rejalashtirish;

texnik hamda institutsional risklarni boshqarish;

xalqaro grant arizalari va loyiha hujjatlarini tayyorlash;

xorijiy hamkorlar bilan professional va samarali kommunikatsiya olib borish bo‘yicha nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘ldilar.

 

Seminar yakunlariga ko‘ra, qatnashchilar tomonidan jami 35 soatlik Professional Development Units (PDU) to‘plandi. Trening davomida ilmiy-tadqiqot loyihalarini rejalashtirish, boshqarish va amalga oshirishning zamonaviy xalqaro talablari asosida zarur kompetensiyalar shakllantirildi.

 

Mazkur bilim va ko‘nikmalar TMK ilmiy jamoasining yirik xalqaro ilmiy dasturlarda, ko‘p tomonlama grant loyihalarida hamda global sanoat va ilmiy konsorsiumlarda faol ishtirok etish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

⚡️C5+1: TMK yirik xalqaro kompaniyalar bilan kritik minerallar böyicha muzokaralar ötkazdi
uchrashuv
21.10.2026
⚡️C5+1: TMK yirik xalqaro kompaniyalar bilan kritik minerallar böyicha muzokaralar ötkazdi
Societe Generale: “TMK bilan o‘n yillik hamkorlikka tayyormiz”
Intervyu
20.10.2026
Societe Generale: “TMK bilan o‘n yillik hamkorlikka tayyormiz”
C5+1: TMK kritik minerallar bo‘yicha xalqaro muloqotning markazida
uchrashuv
19.10.2026
C5+1: TMK kritik minerallar bo‘yicha xalqaro muloqotning markazida

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring