🌐 Fransiyaning yirik moliya instituti Societe Generale banki MDH mamlakatlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Teyba Guliyeva TMK bilan hamkorlikning uzoq muddatli istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
🗣 “TMK O‘zbekistondagi eng muhim mijozlarimizdan biridir. Biz dastlabki moliyalashtirish bitimini yillar, hatto o‘n yilliklar davom etadigan hamkorlikning boshlanishi deb bilamiz”, dedi bank vakili.
💠 Teyba Guliyeva O‘zbekistondagi islohotlar sur’ati, TMKning rivojlanish strategiyasi va kompaniya tashabbuslarining davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanishi xalqaro moliya institutining ishonchini yanada mustahkamlayotganini ta’kidladi.
🤝Societe Generale TMKning kelgusi rivojlanishida ishonchli moliyaviy hamkor bo‘lish va hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda kengaytirishga tayyorligini bildirdi
#TMK #SocieteGenerale #O‘zbekiston #XalqaroHamkorlik #Investitsiya #Moliyalashtirish