ico
ico ico ico

Sayt test rejimida ishlamoqda

Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Boshqaruv raisi murojaatnomasi

Abdullayev Farhod Ravshanovich

Abdullayev Farhod Ravshanovich

“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ Boshqaruv raisi

Hurmatli hamkasblar va biznes hamkorlar!

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. U barcha sohalarda qonun ustuvorligi, halollik va shaffoflikni ta’minlashga qat’iy rioya qilishni talab etadi.

 

Kompaniyamiz xalqaro maydonda faoliyat yuritayotgan tashkilot sifatida qonunlar va axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qiladi.
 

Biz uchun muhim tamoyil – hamkorlarimiz bilan o‘zaro ishonchli munosabatlarni shakllantirishdir. Shu bois, korrupsiyaga hech qanday murosa yo‘q.

 

Biz quyidagilarga alohida e’tibor qaratamiz:

- Har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyani rad etish;

- Qonun-qoidalarga to‘liq rioya qilish;

- Xodimlar va hamkorlarning shaffof va halol ish yuritishini ta’minlash;

- Xalqaro standartlar asosida korporativ munosabatlarni rivojlantirish.

 

Shu bilan birga, biz har bir xodim va hamkorni o‘z zimmasiga mas’uliyat olishga chaqirib qolamiz.

 

Barcha belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, noqonuniy xatti-harakatlarni oldini olish va ular haqida xabar berish – bu umumiy burchimizdir.

 

Kompaniyamizda korrupsiyaga qarshi samarali tizim yaratilgan: taklif va shikoyatlarni qabul qilish, anonim murojaatlar yuborish, ichki nazorat mexanizmlari orqali tezkor choralar ko‘rish imkoniyatlari mavjud.

 

Biz ishonamizki, birgalikdagi harakatlarimiz bilan adolatli, shaffof va barqaror ish muhitini yarata olamiz.

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar