“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida
XABARNOMA
 
Hurmatli aksiyadorlar!
“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 9-oktabrdagi bayonnomasiga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 31-oktabr kuni 15:00 da o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini masofadan turib Internet tarmog‘ida onlayn rejimda o‘tkazishga mo‘ljallangan “Elektron ovoz berish - eVOTE” (http://evote.uz/) elektron ovoz berish servisi orqali o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2025-yil 27-oktabr holatiga tuziladi. Ushbu sanada tuzilgan reestrga kiritilgan aksiyadorlar 2025-yil 31-oktabr kungi Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashadilar.
Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasi ¾ (Texnopark “S” blok 3-etaj).
Jamiyatning elektron pochta manzili: info@uztmk.uz
Kun tartibi:
1. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash..
2. Geologiya fanlar Unversiteti bilan tuziladigan yirik bitimini ko‘rib chiqish.
3. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ bilan tuziladigan yirik bitimini ko‘rib chiqish.
4. “Silver tulp” MChJ bilan tuziladigan yirik bitimini ko‘rib chiqish.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan materiallar bilan aksiyadorlar Toshkent shahar Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasi ¾ (Texnopark “S” blok 3-etaj) manzilida joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida 2025-yil 10-oktabr kunidan 2025-yil 30-oktabr kuniga qadar, ish kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlar http://evote.uz/ internet saytining elektron ovoz berish servisi orqali yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yhatiga kiritilganligi haqida elektron xabar olgan vaqtdan boshlab Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchi aksiyadorlar sifatida ro‘yhatdan o‘tgan deb hisoblanadi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida elektron ovoz berish servisi orqali ishtirok etish qoidalari (shartlari) bilan http://evote.uz/ saytida tanishib chiqishingizni so‘raymiz.
Telefon: +998 70 202-10-10
Jamiyat Kuzatuv kengashi.
 
             
             
             
             
             
             
             
             
             
             
            