
“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ (TMK) kritik minerallar va yuqori qo‘shilgan qiymatli materiallar ishlab chiqarishda ekologik mas’uliyat, inson kapitalini rivojlantirish va shaffof korporativ boshqaruv tamoyillariga amal qiladi.
Bizning ESG yondashuvimiz resurslardan oqilona foydalanish, uglerod izini kamaytirish, sanoat xavfsizligini oshirish hamda xalqaro ta'minot zanjirlariga integratsiyalashuvga qaratilgan.
Atrof-muhit (Environmental)
TMK resurs tejamkorligi va past uglerodli sanoat modelini rivojlantirmoqda. Kompaniya quyosh energetikasi, yashil vodorod, yopiq suv aylanish tizimlari va texnogen chiqindilarni qayta ishlash loyihalarini bosqichma-bosqich joriy etmoqda.
“Ingichka” texnogen chiqindilarini qayta ishlash, Angren IES kul-shlak chiqindilarini ikkilamchi xomashyoga aylantirish hamda molibden, volfram va grafit loyihalarida chuqur qayta ishlash texnologiyalarini qo‘llash ESG strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Ijtimoiy mas'uliyat (Social)
TMK xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, xodimlar malakasini oshirish va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat beradi. Kompaniyada zamonaviy HSE tizimlari, Near Miss dasturlari, raqamli xavfsizlik nazorati va uzluksiz o‘quv dasturlari joriy etilgan.
Korporativ boshqaruv (Governance)
TMK korporativ boshqaruv tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirmoqda.
TMK xalqaro talablarga mos boshqaruv amaliyotlarini izchil joriy etib, sifat, ekologiya va mehnat xavfsizligi yo‘nalishlarida quyidagi xalqaro sertifikatlarga ega:
• ISO 9001:2015 — sifat menejmenti tizimi
• ISO 14001:2015 — ekologik menejment tizimi
• ISO 45001:2018 — mehnat salomatligi va xavfsizligi menejmenti tizimi
Ushbu standartlar kompaniyaning barqaror rivojlanish, operatsion samaradorlik va mas’uliyatli boshqaruv tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi.
Shuningdek, TMK BMT Global Compact tashabbusi a’zosi hisoblanadi hamda korporativ boshqaruvning ilg‘or amaliyotlari asosida risklarni boshqarish, komplayens va ichki nazorat tizimlarini muntazam rivojlantirib bormoqda.
TMK faoliyati BMTning quyidagi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi:
SDG 6 – Toza suv va sanitariya
SDG 7 – Arzon va toza energiya
SDG 8 – Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish
SDG 9 – Sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma
SDG 12 – Mas'uliyatli iste'mol va ishlab chiqarish
SDG 13 – Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash