Xalqaro hamkorlik va ishonchli sheriklik
Bugungi kunda O‘zbekiston AQSH, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, Koreya, shuningdek, Mo‘g‘uliston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari bilan tog‘-kon, geologiya va mineralogiya sohalarida strategik memorandumlar, qo‘shma bayonotlar hamda hamkorlik bitimlarini imzolagan. Shu jarayon bilan uyg‘un ravishda TMK ham global miqyosda faol integratsiyani yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda TMK 40 dan ortiq davlat bilan kritik va texnologik minerallar zanjiri bo‘yicha ilmiy, ishlab chiqarish va investitsion hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.