🌐 Bugun mineral resurslarning strategik ahamiyati nafaqat ularning zaxiralari, balki ularni sanoat taraqqiyoti, yangi investitsiyalar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlariga aylantirish bilan ham belgilanmoqda.
💼 O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) 27 oktabrdan 29 oktabrgacha Toshkentdagi O‘zekspomarkazda bo‘lib o‘tadigan UIMF 2026 xalqaro forumi va MiningMetals Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida Yagona milliy stend tarkibida ishtirok etadi.
💠 TMK ekspozitsiyasida mamlakatimizning kritik minerallar salohiyati, istiqbolli investitsiya loyihalari, chuqur qayta ishlash imkoniyatlari hamda ishlab chiqarishdagi innovatsion yechimlar taqdim etiladi.
🤝 Xalqaro investorlar va sanoat hamkorlari bilan yangi loyihalar, ilg‘or texnologiyalar va o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
🇺🇿 TMK uchun kritik minerallar sanoat rivoji, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar va global hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar demakdir.