🌐 O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyatini xalqaro maydonda ilgari surish, global hamkorlikni kengaytirish va investitsiyaviy imkoniyatlarni namoyish etish Samarqandda o‘tgan C5+1 sessiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri boʻldi.
⚡️ AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Samarqand shahrida C5+1 formatidagi “Mineral resurslar va konchilik sanoati” mavzusida yuqori darajadagi xalqaro sessiya tashkil etildi.
💼 Mazkur strategik platformada O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) xalqaro muloqotni olib borishda bevosita ishtirok etdi. TMKning Xalqaro iqtisodiy aloqalar va diplomatik hamkorlik departamenti direktori Timur Hikmatullayev AQSHning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi vakili Anastasiya Mukerji bilan birgalikda sessiyaga moderatorlik qildi.
💠 Sessiyaning asosiy amaliy ahamiyati O‘zbekistonning kritik minerallar sohasidagi imkoniyatlari, istiqbolli investitsiya yo‘nalishlarini muhokama qilish hamda strategik xomashyo resurslarini o‘zlashtirish bo‘yicha hamkorlik salohiyatini yoritishda namoyon bo‘ldi.
🌐 O'zbekiston Respublikasi Kon-metallurgiya sanoati va geologiya vaziri Bobur Islomov mamlakatning mineral-xomashyo bazasi, konchilik sanoatini rivojlantirish istiqbollari hamda xorijiy investitsiyalar uchun mavjud imkoniyatlarni taqdim etdi.
🧊 Mazkur ishtirok orqali TMK O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyatini global imkoniyatlarga bog‘lamoqda.