🌐 Samarqandda AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio taşrifi doirasida ötkazilgan C5+1 işbilarmonlik dasturida 100 dan ortiq kompaniya vakillari iştirok etdi. Tadbir yakunida mamlakat miqyosida umumiy qiymati 12 milliard dollarlik 54 ta kelişuvga erişilgani e’lon qilindi.
💼 Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) vakili AQŞ tomoni bilan birgalikda “Mineral resurslar va toğ kon sanoati” sessiyasini olib bordi. Unda kritik minerallarni çuqur qayta işlaş, investitsiyalar va texnologiyalar transferi masalalari muhokama qilindi.
🤝 Mercuria, Zeppelin, IG Global Group va Trafigura bilan eksport va savdo imkoniyatlari körib çiqildi. Vast Resources bilan investitsiyaviy hamkorlik böyicha niyatlar xati almaşildi.
🤝 Metallica Commodities bilan sanoat çiqindilarini hamkorlikda qayta işlaş imkoniyatlari muhokama qilindi.
🤝 Colorado School of Mines bilan qöşma tadqiqotlar muhokama qilindi, FLSmidth kompaniyasiga R&D Park doirasida hamkorlik taklif etildi. Aquatech bilan sanoat suvlarini tozalaş va qayta foydalaniş texnologiyalari körib çiqildi.
🎓 MIT Open Learning bilan imzolangan şartnomaga köra, TMKning 150 nafar mutaxassisi “Universal AI” platformasi orqali sun’iy intellekt böyicha ta’lim olişi nazarda tutilgan.
💠 Samarqanddagi muzokaralar TMKning eksport, investitsiya va texnologik hamkorlik yönalişlaridagi xalqaro aloqalarini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar oçdi.