ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekistonning jahon volfram bozoridagi ulushi 5,1 foizgacha oshadi: 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan TMK strategik loyihalari ishga tushirilmoqda

 O‘zbekistonning jahon volfram bozoridagi ulushi 5,1 foizgacha oshadi: 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan TMK strategik loyihalari ishga tushirilmoqda 24.11.2025
O‘zbekistonning jahon volfram bozoridagi ulushi 5,1 foizgacha oshadi: 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan TMK strategik loyihalari ishga tushirilmoqda

Dunyo sanoati yangi resurslardan kuch olayotgan bir davrda, volfram global iqtisodiyotning “energiya valyutaci” sifatida qadr topmoqda. Volfram energetika, yashil texnologiyalar, mashinasozlik, aviatsiya, avtomobilь, kimyo sanoati, kosmik texnologiyalar uchun ahamiyati yuqori bo‘lgan strategik kelajak metalli. Hozirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston tyexnologik myetallar kombinati (TMK) volfram sohasida ilg‘or texnologiyalar va integratsiyalashgan ishlab chiqarish modellari orqali mamlakatni global volfram maydonida ishonchli hamkor sifatida pozisiyalashga yo‘naltirilgan kompleks loyihalarni amalga oshirmoqda. 

 

Xususan, joriy yilda TMK Markaziy Osiyo bo‘yicha Xalqaro Volfram Assosiatsiyasiga to‘laqonli a’zo bo‘lgan ilk kombinatga aylandi. Bu a’zolik jahon miqyosidagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar va ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, zamonaviy texnologik tendensiyalar hamda xalqaro standartlardan foydalanish imkonini berdi. 

 

TMK bugun volfram zanjirining barcha – upstream, midstream va downstream bosqichlarida faol ish olib bormoqda.

 

Upstream bosqichi doirasida TMK Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylashgan Sariko‘l volfram konini ochish, Kattaqo‘rg‘on shahridagi Ingichka konida texnogen chiqindilarni qayta ishlash jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi Sautbay maydonida geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda. TMK volfram konsentratlarini boyitish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirmoqda. 

 

Jumladan, Sariko‘l volfram konini o‘zlashtirish loyihasi TMK tomonidan amalga oshirilayotgan noyob va ustuvor jarayon bo‘lib, umumiy sanoat zaxiralari istiqbolli maydonlar bilan 30 ming tonna volfram metallini tashkil etadi. Ishlab chiqarish majmuasi yiliga 1 million tonnagacha rudani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi.

 

 Natijada 65 foizli xalqaro sifat standartlariga to‘liq javob beruvchi volfram konsentrati olinadi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 4 ming tonna. Istiqbolli maydonlarni inobatga olgan holda konning ishlash muddati 20 yilgacha baholanmoqda. Loyiha doirasida 400 nafardan ortiq mutaxassis va mahalliy aholi vakillari barqaror ish o‘rni bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Ya’ni TMK o‘z loyihalari orqali inson kapitali, ish o‘rinlari va mahalliy rivojlanishga investisiya kiritishni ham maqsad qilgan.

Ingichka boyitish fabrikasida volfram chiqindilarini qayta ishlash hajmlarini kengaytirish maqsadida Xitoyning “Xinhai” kompaniyasi bilan hamkorlikda loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha natijasida volfram konsentrati 300 tonnadan 1050 tonnaga, mahsulot qiymati 18,4 mln dollarga yetkaziladi va 4,1 mln dollar sof foyda olinadi. Buning natijasida 2026 yilda 700 ming, 2028 yilga borib 1,4 million dollar soliq to‘lanishi kutilmoqda. 

 

Shuningdek, Ingichka konida amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari doirasida TMK xorijiy investor Xitoyning “Red Persimmon” kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi texnologik liniyalar joriy etmoqda. Bu orqali volfram rudasini qazib olish hajmi yiliga 900 ming tonnaga yetkaziladi. Kon faoliyatini tiklash natijasida yiliga 1 671 tonna volfram konsentratini ishlab chiqarish ta’minlanadi, keyinchalik esa ishlab chiqarish salohiyatini 5040 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, TMK Turkiyaning “International Gold Madencilik Ltd. Şirketi” bilan hamkorlikda Sautbay volfram konini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirmoqda. Kon ishga tushishi natijasida 4811 tonna volfram konsentrati ishlab chiqariladi. 

 

Hamkorlikdagi ishlar natijasida volfram konsentratlari keyinchalik TMKga yetkazilib, metall volfram ishlab chiqarish jarayoniga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, TMK o‘zining xomashyo salohiyatini kengaytirish va yangi konlarni ishga tushirish yo‘nalishida Tomchali va Qoraqiya istiqbolli maydonlarida xalqaro standartlarga muvofiq geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda. Xorijiy va xususiy investorlar ishtirokida Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi Saritau, Samarqand viloyatidagi Xo‘jadiq, Yaxton va Kamangaron hamda Qashqadaryo viloyatidagi Gussay hududlarida geologik tadqiqotlar izchil ravishda davom etmoqda.

 

Midstream bosqichida O‘zbekistonda volframni to‘liq qayta ishlash zanjirini yaratish maqsadida kombinat tomonidan Samarqand viloyatida yangi gidrometallurgiya syexini barpo etish rejalashtirilgan. Bu zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish uchun TMK Kanada, Avstraliya, Finlyandiya va Turkiyaning yetakchi injiniring kompaniyalari bilan hamkorlik orqali ilg‘or tajribalarni joriy etish choralarini ko‘rmoqda. Mazkur loyiha to‘liq ishga tushgach, 2027 yilda 5000 tonna, 2029 yildan esa 10 000 tonna, 2030 yildan 15 000 tonna volfram konsentrati qayta ishlanadi, mahsulot qiymati esa 307.4 mln dollarga yetkaziladi.

 

Downstream bosqichi bu qiymat zanjirining eng yuqori nuqtasi va bu nuqtada TMK kritik minerallar sohasida “Made in Uzbekistan” sanoat brendini jahon maydonida mustahkamlash, mamlakatni texnologik metallar eksporti bo‘yicha ishonchli va barqaror hamkorga aylantirishni maqsad qilgan. Bugungi kunda TMK tomonidan volьfram briket va shtabiklari, volfram karbidi asosida volonkalar, qattiq qotishmali frezalar va burg‘ular, volfram elektrodlar, shuningdek, burg‘ilash asboblari va koronkalar ishlab chiqarilmoqda. Kombinat ishlab chiqarish jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish va to‘liq avtomatlashtirish, energiya tejamkor hamda ekologik xavfsiz texnologiyalardan foydalanish hamda ESG va IRMA xalqaro standartlariga mos barqaror sanoat modelini joriy etmoqda. Bu yondashuv orqali TMK metallni qayta ishlab, kelajakni yaratmoqda.

 

Bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli volfram mahsulotlari dunyoning yetakchi sanoat mamlakatlariga, xususan, Yevropa va AQSHning nufuzli kompaniyalariga yetkazilmoqda. Shu bilan birga, Yaponiya va Koreya kabi texnologik rivojlangan bozorlarga ham eksport yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 

 

Yangi sanoat loyihalarining to‘liq ishga tushishi natijasida xomashyo yo‘nalishida volfram konsentrat ishlab chiqarish hajmi 300 tonnadan 14950 tonnaga, ya’ni 50 barobarga o‘sadi. Qayta ishlash yo‘nalishida Samarqand va Toshkent viloyatlarida (Chirchiq shahri) gidrometallurgiya syexlari ishga tushishi natijasida volfram angidrid ishlab chiqarish hajmi 76 tonnadan 4 860 tonnaga, tayyor mahsulot yo‘nalishida esa volfram metalli ishlab chiqarish  hajmi 58 tonnadan 1 860 tonnaga yetkaziladi. 

 

Yangi volfram loyihalari nafaqat sanoat yutug‘i, balki milliy iqtisodiyotning yangi o‘sish nuqtasiga aylanib, o‘zining yuqori iqtisodiy samarasini beradi. Unga ko‘ra, investisiya qiymati 103,9 mln dollarga yetadi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi bugungi 5,5 million dollardan qariyb 280 million dollargacha o‘sadi, eksport salohiyati esa 2,4 million dollardan 181,5 million dollargacha ko‘tariladi. Shuningdek, loyihalar ishga tushishi natijasida 5000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 

Eng muhim jihatlaridan biri, loyihalarning to‘liq ishga tushishi natijasida O‘zbekistonning volfram sohasidagi global ulushi ortib, zaxiralar hozirdagi  2%dan 2030 yilga kelib 5,1 % ga, qazib olish bo‘yicha esa 0,05 %dan 14,8 %ga oshadi. 

 

Bugun dunyo volfram ta’minot zanjiri bo‘yicha barqaror manbalarni izlamoqda. Ya’ni, ishonchli, shaffof va texnologik yechimga ehtiyoji bor. Prezidentimizning strategik va uzoqni ko‘ra olish siyosati tufayli esa O‘zbekiston bu jarayonda faol ishtirokchi sifatida nafaqat xomashyo yetkazib bermoqda, balki qiymat zanjirining to‘liq modelini global bozorga taklif etmoqda. O‘zbekiston texnologik metallar kombinati esa xalqaro volfram ta’minot zanjirini to‘ldirishga qaratilgan loyihalari bilan mamlakatning jahon sanoati uchun ishonchli hamkor sifatidagi rolini va global sanoat xaritasidagi o‘rnini mustahkamlashni maqsad qilgan.

TMK – O‘zbekiston va AQSH munosabatlarida kritik minerallar ko‘prigi
TMK-AQSH
24.11.2025
TMK – O‘zbekiston va AQSH munosabatlarida kritik minerallar ko‘prigi
TMK salohiyati xalqaro sahnada e’tirof etildi
TMK
31.05.2025
TMK salohiyati xalqaro sahnada e’tirof etildi
Geologlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Rolik
07.04.2025
Geologlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar