Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘ZBEKISTON KRITIK MINERALLAR ZANJIRINI MUSTAHKAMLAMOQDA

 O‘ZBEKISTON KRITIK MINERALLAR ZANJIRINI MUSTAHKAMLAMOQDA 21.07.2026
O‘ZBEKISTON KRITIK MINERALLAR ZANJIRINI MUSTAHKAMLAMOQDA

Navoiyda yirik sulfat kislota zavodi qurilmoqda

Kritik minerallar uchun global raqobat tobora kuchayib borayotgan bir paytda sulfat kislota muhim sanoat mahsulotlaridan biriga aylandi. Uran, mis, volfram, molibden va boshqa metallarni qazib olish hamda qayta ishlash jarayonlarini ushbu mahsulotsiz tasavvur qilish qiyin. Shu bois ko’plab davlatlar sulfat kislota ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Xususan, mamlakatimizda ham Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yirik sanoat loyihalaridan biri – O‘zbekiston texnologik metallar kombinatining TMK Chemicals loyihasi ishga tushadi. Loyiha Navoiy viloyati Karmana tumanida (hududi 6 gektar) barpo etilayotgan zamonaviy sulfat kislota ishlab chiqarish korxonasidir.

 

Korxona yiliga 500 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lib, nafaqat ichki ehtiyojni ta’minlash, balki tog‘-kon va metallurgiya sanoati uchun uzluksiz xomashyo bazasini shakllantirish, import o‘rnini bosish hamda eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

 

Sulfat kislota nega muhim mahsulot?

Sulfat kislota dunyoda eng ko‘p ishlab chiqariladigan sanoat kimyoviy mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Hatto ayrim iqtisodchilar mamlakat sanoatining rivojlanish darajasini sulfat kislota ishlab chiqarish hajmi orqali ham baholashadi.

U quyidagi yo‘nalishlarda asosiy reagent hisoblanadi:

  • uran qazib olish va qayta ishlash;
  • rangli va nodir metallarni boyitish;
  • gidrometallurgiya;
  • mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish;
  • kimyo sanoatining o‘nlab yo‘nalishlari.
  •  

Elektr transporti, qayta tiklanuvchi energetika va kritik minerallarga talabning ortishi sulfat kislotaga bo‘lgan global ehtiyojni ham izchil oshirib bormoqda.

 

Zamonaviy texnologiyalar asosidagi loyiha

Loyihaning umumiy qiymati 54,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Qurilish ishlari dunyoning yetakchi injiniring kompaniyalaridan biri – CITIC Construction bilan amalga oshirilmoqda. 

 

Korxonada texnik oltingugurt zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlanib, yuqori tozalikdagi sulfat kislota ishlab chiqariladi. To‘liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimi issiqlik va gaz oqimlaridan maksimal foydalanish imkonini berib, energiya samaradorligini oshiradi hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlaydi. Shuningdek, korxona yiliga 152 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Hudud iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar

Loyiha nafaqat sanoat ishlab chiqarish hajmini oshiradi, balki hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham yangi sur'at bag‘ishlaydi. Korxona ishga tushishi bilan 220 ta yangi, barqaror ish o‘rni yaratiladi. Bu mahalliy aholi bandligini oshirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash va oilalar daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

 

Bugungi kunda TMK Chemicals tomonidan korxonaga xizmat ko‘rsatadigan 2,5 kilometrlik temir yo‘l tarmog‘ini barpo etish ishlari yakunlandi. Bu tayyor mahsulotlarni mamlakat bo‘ylab hamda Markaziy Osiyo davlatlariga tezkor yetkazib berish imkonini yaratadi.

 

Sanoat rivoji – iqtisodiy taraqqiyot omili

Hisob-kitoblarga ko‘ra, korxona ishga tushirilgach mahsulot qiymati bosqichma-bosqich ortadi.

  • 2026-yilda – 7,5 million dollar;
  • 2027-yilda – 27 million dollar;
  • 2028-yildan boshlab – 30 million dollardan ortiq.

Davlat byudjetiga tushadigan soliq tushumlari ham oshishi prognoz qilinmoqda.

  • 2026-yilda – 4,9 milliard so‘m;
  • 2027-yildan boshlab – 8,6 milliard so‘mdan ortiq.

 

Yiliga 500 ming tonna quvvatga ega ushbu korxona ishga tushirilishi O‘zbekistonning tog‘-kon, metallurgiya va kimyo sanoati o‘rtasidagi ishlab chiqarish zanjirini yanada mustahkamlaydi. Loyiha mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga xizmat qilishi bilan Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa bo’lishi, shubhasiz.

 

UZBEKISTAN’S CRITICAL METALS AMBITION: THE ROLE OF TMK
Mining Journal
16.04.2026
UZBEKISTAN’S CRITICAL METALS AMBITION: THE ROLE OF TMK
TMK – O‘zbekiston va AQSH munosabatlarida kritik minerallar ko‘prigi
TMK-AQSH
24.11.2025
TMK – O‘zbekiston va AQSH munosabatlarida kritik minerallar ko‘prigi
O‘zbekistonning jahon volfram bozoridagi ulushi 5,1 foizgacha oshadi: 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan TMK strategik loyihalari ishga tushirilmoqda
Volfram
24.11.2025
O‘zbekistonning jahon volfram bozoridagi ulushi 5,1 foizgacha oshadi: 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan TMK strategik loyihalari ishga tushirilmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring