IEA Global Critical Minerals Outlook 2026 hisobotiga ko'ra, 2025-yil yanvaridan 2026-yil apreligacha volfram narxi 622% ga oshib, kritik minerallar orasida eng yuqori o‘sishni qayd etdi.
Bunga eksport cheklovlari, global ta’minotning yuqori darajada konsentratsiyalashgani hamda yuqori texnologiyalar, aerokosmik sanoat va energetika tomonidan talabning ortishi ta’sir qilmoqda.
Bu tendensiya volframning oddiy xomashyodan strategik sanoat resursiga aylanayotganini ko‘rsatadi. Bu esa barqaror va diversifikatsiyalangan ta’minot zanjirlariga ehtiyojni orttirmoqda.
O‘zbekiston esa aynan shu sharoitda yangi imkoniyatlarni taklif qiladi.
O'zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) volfram bo‘yicha Upstream'dan Downstream'gacha, ya'ni resurs bazasi va qazib olishdan tortib, chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va global bozorlarga chiqishgacha bo'lgan to‘liq qiymat zanjirini rivojlantirmoqda.
Global bozor volfram uchun yangi ta’minot manbalarini izlayotgan bir paytda, O‘zbekiston to‘liq qiymat zanjiri bilan yangi strategik hamkor sifatida maydonga chiqmoqda.