Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya: kritik minerallardan yuqori texnologiyali sanoatgacha

 O‘zbekiston va Janubiy Koreya: kritik minerallardan yuqori texnologiyali sanoatgacha 19.09.2026
O‘zbekiston va Janubiy Koreya: kritik minerallardan yuqori texnologiyali sanoatgacha

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 13-16-sentabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshirdi. Mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka yangi sur’at berdi. Oliy darajadagi muzokaralarda savdo, investitsiyalar, ilm-fan va texnologiyalar bilan bir qatorda, kritik minerallarni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish ham muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. 

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mazkur ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq, Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni ilmiy tadqiqotlar, texnologiyalar transferi, yangi materiallar yaratish va istiqbolli eksport yo‘nalishlarini qamrab olgan yaxlit tizim asosida rivojlantirmoqda.

Bugungi kunda TMK Janubiy Koreyaning KITECH, KAIST, KIGAM, Korea Powder Metallurgy, CAMP² kabi yetakchi ilmiy va sanoat hamkorlari bilan kritik minerallarni chuqur qayta ishlash, ilg‘or qotishmalar, kukun metallurgiyasi, magnit materiallar, sun’iy intellekt va smart-metallurgiya yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Ilmiy hamkorlikning amaliy natijalaridan biri sifatida Sejong University hamda University of Business and Science (O‘zbekiston) bilan hamkorlikda 16 turdagi yangi ilg‘or qotishmalar ishlab chiqildi. Ushbu yo‘nalish yangi xususiyatlarga ega materiallarni yaratish, ularni sanoat sharoitida sinovdan o‘tkazish va kelgusida ishlab chiqarishga joriy etish uchun muhim ilmiy-texnologik baza yaratmoqda.

Hamkorlikning muhim tayanchlaridan biri TMK R&D Parki tarkibidagi O‘zbekiston–Koreya nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy-texnologik markazi bo‘lib, u Koreya tomonining 11.2 million dollarlik ODA dasturi doirasida rivojlantirilmoqda. Markazda kritik minerallar, yuqori tozalikdagi metallar, nanomateriallar va pilot texnologiyalar ustida ish olib borilmoqda.

Bu hamkorlik faqat texnologiyalar bilan cheklanmaydi. Ayni paytda TMKning 10 nafar muhandisi Janubiy Koreyada amaliyot o‘tamoqda. Mazkur dastur orqali mutaxassislar ilg‘or ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy metallurgiya texnologiyalari va ilmiy-tadqiqot amaliyotlari bo‘yicha bevosita tajriba orttirmoqda.

Sanoat yo‘nalishida esa TMK Smart Powder va Korea Powder Metallurgy o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik asosida O‘zbekistonda yuqori aniqlikdagi avtomobil komponentlarini ishlab chiqarish, kelgusida 50 mln dona mahsulot ishlab chiqarish va ularni eksport bozorlariga olib chiqish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, TMK Koreyaning yirik kompaniya va institutlari bilan kritik minerallarni qayta ishlash, yangi metallurgiya texnologiyalarini joriy etish, Koreya bozoriga mahsulot yetkazib berish va yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish bo‘yicha muzokaralarni izchil davom ettirmoqda.

TMK va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik kritik minerallarni chuqur qayta ishlash, yangi materiallar yaratish, O‘zbekistonda ilg‘or ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish va tayyor mahsulotlarni global bozorlarga olib chiqishga qaratilgan sanoat hamkorligiga aylanmoqda.

UZBEKISTAN’S CRITICAL METALS AMBITION: THE ROLE OF TMK
Mining Journal
16.04.2026
UZBEKISTAN’S CRITICAL METALS AMBITION: THE ROLE OF TMK
O‘ZBEKISTON KRITIK MINERALLAR ZANJIRINI MUSTAHKAMLAMOQDA
TMK Chemicals
21.07.2026
O‘ZBEKISTON KRITIK MINERALLAR ZANJIRINI MUSTAHKAMLAMOQDA
Volfram +622%: Global kritik minerallar bozoridagi rekord o‘sish
jarayon
13.08.2026
Volfram +622%: Global kritik minerallar bozoridagi rekord o‘sish

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring