Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Lord Jon Olderdays boshchiligidagi delegatsiya TMKda

 Lord Jon Olderdays boshchiligidagi delegatsiya TMKda 19.02.2026
Lord Jon Olderdays boshchiligidagi delegatsiya TMKda

O‘zbekiston texnologik metallar kombinatida Buyuk Britaniya Bosh vazirining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha maxsus savdo vakili Lord Jon Olderdays hamda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Timoti Smart boshchiligidagi delegatsiya bilan yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida TMK loyihalarining dastlabki muhandislik tadqiqotlari, texnik-iqtisodiy asoslari, shuningdek, ekologik va ijtimoiy ta’sirni baholash bosqichlarini moliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:

🔹 Buyuk Britaniya aviatsiya sanoati ehtiyojlari uchun muhim metallarni uzoq muddatli yetkazib berish dasturini yo‘lga qo‘yish;

🔹 Buyuk Britaniyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda “Kelajak metallurglari” qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish hamda har yili kadrlar salohiyatini oshirish;

🔹 sun’iy intellekt va raqamli kuzatuv tizimlari asosida resurs harakati va ekologik monitoring, resurs harakatini kuzatish va xalqaro ekologik standartlarga muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha pilot tashabbusni amalga oshirish.

 

Shuningdek, har yili Toshkent va  London shaharlarida “Buyuk Britaniya – O‘zbekiston kritik metallar forumi”ni o‘tkazish hamda “Kritik metallar investitsiya muloqoti” platformasini ta’sis etish tashabbuslari ilgari surildi va qo‘llab quvvatlandi.

 

Muzokaralar yakunlarida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda hamkorlikni institutsional darajada mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

⚡️C5+1: TMK yirik xalqaro kompaniyalar bilan kritik minerallar böyicha muzokaralar ötkazdi
uchrashuv
21.10.2026
⚡️C5+1: TMK yirik xalqaro kompaniyalar bilan kritik minerallar böyicha muzokaralar ötkazdi
Societe Generale: “TMK bilan o‘n yillik hamkorlikka tayyormiz”
Intervyu
20.10.2026
Societe Generale: “TMK bilan o‘n yillik hamkorlikka tayyormiz”
C5+1: TMK kritik minerallar bo‘yicha xalqaro muloqotning markazida
uchrashuv
19.10.2026
C5+1: TMK kritik minerallar bo‘yicha xalqaro muloqotning markazida

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring