ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Bryussel: ECGA yig‘ilishlarining navbatdagi kunlari tafsilotlari

 Bryussel: ECGA yig‘ilishlarining navbatdagi kunlari tafsilotlari 10.04.2025
Bryussel: ECGA yig‘ilishlarining navbatdagi kunlari tafsilotlari

O‘zTMK delegatsiyasining Yevropa ilg‘or uglerod va grafit materiallari assotsiatsiyasi (ECGA) yig‘ilishlaridagi ishtiroki davom etmoqda.

 

9-aprel kuni ECGA Energetika qo‘mitasi yig‘ilishi o'tkazilgan bo'lsa, bugun ECGAning umumiy yig‘ilishi (General Assembly) bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilish doirasida O‘zTMK Boshqaruv raisining fan va taraqqiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Amir Abidov xalqaro hamjamiyat vakillari bilan kombinat faoliyati, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlik tashabbuslari haqida taqdimot o‘tkazdi.

 

Shuningdek, yig'ilishda:
Energiya va karbon bozorlari holati;
Yevropa toza sanoat bitimi;
Sanoat, energetikaga oid Yevropa Ittifoqining eng so‘nggi siyosatlari;
ECGAning 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan strategik yo‘nalishlari bo‘yicha hisobotlar tinglandi.

 

Mazkur ishtirok O‘zTMK uchun sanoatning dekarbonizatsiyasi, barqaror energiya siyosati va texnologik yechimlar borasida Yevropa tajribasini o‘rganish, xalqaro aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

TMK Markaziy Osiyoda sanoat hamkorligini kengaytirmoqda
TMK hamkorligini kengaytirmoqda
11.02.2026
TMK Markaziy Osiyoda sanoat hamkorligini kengaytirmoqda
TMK xalqaro biznes forumida: Kelajak sanoati sari strategik qadamlar
Made in Uzbekistan
06.02.2026
TMK xalqaro biznes forumida: Kelajak sanoati sari strategik qadamlar
TMK global volfram bozoridagi hamkorliklarini mustahkamlamoqda
Tungsten
31.01.2026
TMK global volfram bozoridagi hamkorliklarini mustahkamlamoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar