ico
ico ico ico

Сайт работает в тестовом режиме

Цветовая схема:
A A A
Размер:
A A A A A
sound Звуковое сопровождение
На сайте присутствует звуковое сопровождение. Чтобы прослушать текст необходимо выделить его мышкой и нажать на появившуюся иконку.

Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha eng muhim vazifa va maqsadlar belgilandi

 Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha  eng muhim vazifa va maqsadlar belgilandi 07.03.2025
Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha eng muhim vazifa va maqsadlar belgilandi

2025-yil 5-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha belgilab berilgan eng muhim vazifa va maqsadlar:
 

▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari tarkibi to‘liq yangilanib, ularga viloyat xalq deputatlari kengashi raislari rahbarlik qiladi;
 

▫️Sog‘liqni saqlash, Qurilish, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvta’minot”ning komplayens-nazorat tuzilmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tkaziladi;
 

▫️Komplayens-nazorat tuzilmalari to‘g‘ridan to‘g‘ri birinchi rahbar bilan ishlaydi;
 

▫️Davlat idoralaridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xaridlar 2 karra qisqartiriladi;
 

▫️Davlat xaridlarida qonunga zid holatlarni sun’iy intellekt yordamida aniqlash va oldini olish bo‘yicha elektron tizim ishga tushiriladi;
 

▫️Davlat xaridlarida tovarlarning o‘rtacha bozor narxlari ko‘rinib turadigan elektron platforma yaratiladi;
 

▫️Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘ hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha talablar kuchaytiriladi;
 

▫️Investitsiya loyihalarida xalqaro korrupsiyaga qarshi standartlar joriy etiladi;
 

▫️Yirik auksion shartlarini raqobatdoshlik ekspertizasidan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi;
 

▫️Davlat xizmatchilari reyestri shakllantiriladi;
 

▫️Kadrlarning korrupsiyaga moyilligini o‘rganish amaliyoti joriy qilinadi;
 

▫️Davlat idoralaridagi xizmat avtotransportlarini milliy avtomobillarga o‘tkazish choralari ko‘riladi;
 

▫️Davlat xizmatchilarining mol mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi;
 

▫️Noqonuniy boylik orttirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi;
 

▫️Kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratiladi;
 

▫️Korrupsiyaviy jinoyatlarning aniq ro‘yxati, korrupsiyaviy jinoyatlarni fosh etishga yordam berganlarni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilinadi;
 

▫️Maktablarda “Tarbiya” fani doirasida halollik, birovni haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu g‘oyalar sodda tilda tushuntirib boriladi;
 

▫️Talaba va yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
 

▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish Virtual akademiyasida 2025-yilda 2 million aholi bepul o‘qitiladi.
 

▫️Nodavlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga oid loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga har yili 10 milliard so‘mdan ajratib boriladi.

C профессиональным праздником - Днем геолога!
Ролик
07.04.2025
C профессиональным праздником - Днем геолога!
Познакомьтесь с очередной героиней проекта "Профессионал" – Мохирой Парпиевой
Профессионал
17.03.2025
Познакомьтесь с очередной героиней проекта "Профессионал" – Мохирой Парпиевой
Познакомьтесь с первой героиней рубрики «Профессионал» — Мукаррам Рузматовой
Профессионал
06.02.2025
Познакомьтесь с первой героиней рубрики «Профессионал» — Мукаррам Рузматовой

Наши партнёры

Полезные ссылки