На сайте присутствует звуковое сопровождение. Чтобы прослушать текст необходимо выделить его мышкой и нажать на появившуюся иконку.
Инвестиционные возможности
Bizning kompaniya resursni kapitalga, kapitalni innovatsiyaga, innovatsiyani esa global o‘sishga aylantiruvchi tizim yaratmoqda.
Biz investorlarga quyidagi afzalliklarni taklif etamiz:
Davlat kafolatlariga ega barqaror hamkorlik.
TMK - O‘zbekiston Prezidentining bevosita tashabbusi bilan tashkil etilgan milliy kompaniya bo‘lib, barcha loyihalar hukumatning qo‘llab-quvvatlashi ostida amalga oshiriladi.
To‘liq integratsiyalashgan qiymat zanjiri.
“Mine-Metal-Market” modeli orqali TMK geologiya-qidiruvdan tortib tayyor mahsulot va eksportgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni yagona tizimda birlashtiradi, bu esa investorlar uchun barqaror va nazorat qilinadigan qiymat yaratish muhitini ta’minlaydi.
Месторождение
Металлы
Рынок
Raqobatbardosh tannarx va ekologik ustunlik.
Energiya resurslariga boy, mehnat bozori raqobatbardosh va logistika jihatdan qulay O‘zbekiston - “Green Mining” tamoyillariga asoslangan, ekologik xavfsiz ishlab chiqarish uchun eng maqbul hududdir.
Innovatsion va ilmiy platformalarga kirish.
TMK dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va kompaniyalari bilan hamkorlikda Future Metals Technopark, R&D Park, Texnologik Metallar Oliy Maktabini shakllantirmoqda. Investorlar bu orqali ilm, ishlab chiqarish va texnologiyani birlashtirgan yangi ekotizimga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Global ta’minot zanjirlariga integratsiya.
TMK bugun 40 dan ortiq mamlakat bilan hamkorlikda ishlamoqda, bu esa O‘zbekistonni kritik resurslar bo‘yicha xalqaro bozorning ishonchli halqasiga aylantiradi. Har bir investor shu zanjir orqali strategik bozorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadi