Bundan tashqari, “Oʻzbekiston TMK” AJ Chexiyaning Brno shahridagi MSV (International Engineering Fair) kabi xalqaro sanoat koʻrgazmalarida ishtirok etish orqali texnologik kooperatsiya, muhandislik yechimlari va sanoat modernizatsiyasi boʻyicha yangi hamkorliklarni shakllantirib kelmoqda.
Kompaniyaning bunday nufuzli xalqaro maydonlardagi ishtiroki “Oʻzbekiston TMK” AJning global mineral resurslar va kritik metallar bozoridagi nufuzini mustahkamlash, xalqaro investorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatish, yangi investitsion tashabbuslarni ilgari surish hamda Oʻzbekistonning strategik minerallar sohasidagi imkoniyatlarini dunyoga keng targʻib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.