Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Markaziy Osiyoda ilk sun’iy intellektga asoslangan muhandislik maktabi yaratiladi

 Markaziy Osiyoda ilk sun’iy intellektga asoslangan muhandislik maktabi yaratiladi 12.03.2026
Markaziy Osiyoda ilk sun’iy intellektga asoslangan muhandislik maktabi yaratiladi

TMK bosh ofisida TMK boshqaruv raisi o’rinbosari, dunyoning eng yetakchi texnologik universitetlaridan biri – Massachusetts Institute of Technology (MIT) hamda mamlakatimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – University of Business and Science rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

Uchrashuvda materialshunoslik va metallurgiya sohalarida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Powered by MIT” muhandislik maktabini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar ushbu ta’lim loyihasi amalga oshirilishi mintaqaning ilmiy-ta’limiy ekotizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini, shuningdek Markaziy Osiyoda jahon darajasidagi muhandislarni tayyorlash uchun zamonaviy platforma yaratishga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.

 

Muzokaralar davomida akademik hamkorlik istiqbollari, jumladan qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, zamonaviy o‘quv modullarini shakllantirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda yangi avlod muhandis kadrlarini tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

 

Mazkur tashabbus TMKning innovatsiyalar, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlanishga qaratilgan strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Adani Group va TMK: yangi investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari
Uchrashuv
18.08.2026
Adani Group va TMK: yangi investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari
TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda
ESG
14.08.2026
TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda
TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi
jarayon
13.08.2026
TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring