ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zTMK ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘ydi

 O‘zTMK ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘ydi 31.01.2025
O‘zTMK ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘ydi

Global metallurgiya va materialshunoslik sohalaridagi ilmiy izlanishlar texnologik taraqqiyotning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, noyob va kamyob metallarni o‘rganish hamda ularning samarali qo‘llanilishi sanoat tarmoqlari uchun beqiyos ahamiyatga ega. Shu bois, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ (O‘zTMK) mamlakatimizda ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish va xalqaro nufuzni oshirish maqsadida olimlar va tadqiqotchilarni moddiy rag‘batlantirish dasturini yo‘lga qo‘ydi.

 

Bu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yildagi kukun metallurgiyasini rivojlantirish, sanoat uchun muhim minerallar homashyo bazasini shakllantirish va ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan qarorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Endilikda yuqori impakt-faktorga ega jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar O‘zTMK tomonidan maxsus moliyaviy rag‘bat bilan taqdirlanadi.

 

Ilm-fan va innovatsiyalar uchun yangi imkoniyatlar

 

Ilmiy maqolalar xalqaro miqyosda nufuzli va impakt-faktorga ega bo‘lgan jurnallarda chop etilishi talab etiladi. Nashr qilinadigan jurnallar SCI (Science Citation Index) va SCIE (Science Citation Index Expanded) indekslariga kiritilgan bo‘lishi shart. Har bir maqola O‘zTMK ilmiy kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli yo‘nalishga muvofiqligi aniqlanadi.

 

Ilmiy maqolalar quyidagi yo‘nalishlarda chop etilishi tavsiya etiladi:

  • Noyob va kamyob metallarni qazib olish va qayta ishlash texnologiyalari;
  • Yashil energetika uchun materiallar va metallar;
  • Nanotexnologiyalar va ularning metallurgiyada qo‘llanilishi;
  • Ekologik toza ishlab chiqarish va chiqindisiz texnologiyalar;
  • Metall qotishmalari va kompozit materiallarning yangi xususiyatlari;
  • Metallurgiya jarayonlarida sun‘iy intellekt va raqamli texnologiyalarni qo‘llash;
  • Qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun materiallar ishlab chiqarish.

 

Moddiy rag‘batlantirish mezonlari

 

O‘zTMK tomonidan rag‘batlantirish miqdori maqola nashr qilingan jurnalning impakt-faktori va kvartaliga qarab belgilanadi. Quyidagi toifalar asosida mukofot puli ajratiladi:

 

A toifasi – Eng yuqori nashrlar:

  • Nature yoki Science jurnallarida chop etilgan maqolalar uchun bazaviy hisoblash miqdori 860 baravari;
  • Agar asosiy muallif kombinat nomidan bo‘lsa, 1720 baravar mukofot.

 

B toifasi – Yuqori impakt-faktorli jurnallar:

  • Impakt-faktori 10 va undan yuqori (Q1): bazaviy hisoblash miqdori 515 baravari;
  • Impakt-faktori 5-10 (Q1-Q2): bazaviy hisoblash miqdori 140 baravari;
  • Impakt-faktori 2-5 (Q2-Q3): bazaviy hisoblash miqdori 35 baravari;
  • Impakt-faktori 1-2 (Q3-Q4): bazaviy hisoblash miqdori 18 baravari;
  • Impakt-faktori 1 dan past (Q4): bazaviy hisoblash miqdori 12 baravari.

 

C toifasi – SCIE indeksiga kirgan boshqa maqolalar uchun bazaviy hisoblash miqdori 4 baravari.

 

Mazkur rag‘batlantirish tizimi faqat O‘zTMK xodimlari  e’lon qilgan maqolalar uchun amal qiladi.

 

Ilmiy izlanishlaringizni xalqaro miqyosda namoyon qiling!

 

O‘zTMK tomonidan joriy etilgan bu rag‘batlantirish dasturi olimlarning ilmiy faolligini oshirish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va texnologik taraqqiyotga munosib hissa qo‘shishiga xizmat qiladi.

 

Agar siz ilg‘or ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz va ilm-fan rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun!

 

Hurmatli olim va tadqiqotchilar! O‘zTMK jamoasiga a’zo bo’ling va ilmiy maqolalarni nashr etganlik uchun mukofot oling!

Geologlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Rolik
07.04.2025
Geologlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
"Professional"ning navbatdagi qahramoni Mohira Parpiyeva bilan tanishing
Professional
17.03.2025
"Professional"ning navbatdagi qahramoni Mohira Parpiyeva bilan tanishing
Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha  eng muhim vazifa va maqsadlar belgilandi
Ma'lumot
07.03.2025
Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha eng muhim vazifa va maqsadlar belgilandi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar