Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK komplayens bo'yicha O‘zbekiston tog‘-kon va geologiya sohasida ilk bor nufuzli xalqaro BSI sertifikatiga ega bo‘ldi!

 TMK  komplayens bo'yicha O‘zbekiston tog‘-kon va geologiya sohasida ilk bor nufuzli xalqaro BSI sertifikatiga ega bo‘ldi! 16.03.2026
TMK komplayens bo'yicha O‘zbekiston tog‘-kon va geologiya sohasida ilk bor nufuzli xalqaro BSI sertifikatiga ega bo‘ldi!

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati o‘z faoliyatida zamonaviy korporativ boshqaruv, shaffoflik va xalqaro standartlarga mos ishlash tamoyillarini izchil joriy etib kelmoqda.

 

Mazkur yondashuv natijasida TMK korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi bo‘yicha BSI ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi. Sertifikatlash jarayoni dunyoning yetakchi standartlashtirish tashkilotlaridan biri — British Standards Institution (BSI) tomonidan amalga oshirildi.

 

Shu tariqa TMK O‘zbekistonda tog‘-kon va geologiya sohasida BSI ISO 37001:2016 sertifikatini qo‘lga kiritgan ilk kompaniya bo‘ldi.

 

ISO 37001:2016 standarti kompaniyalarda korrupsiyaga qarshi samarali boshqaruv tizimini joriy etish, xavflarni baholash, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda biznes jarayonlarini shaffof asosda tashkil etishni nazarda tutadi.

 

Mazkur sertifikat TMKda korrupsiyaga qarshi samarali tizim joriy etilganini hamda kompaniya faoliyati xalqaro komplayens talablari asosida olib borilayotganini tasdiqlaydi. Bu esa TMK uchun investorlar va global hamkorlar bilan ishlashda muhim institutsional ustunlik yaratadi.

 

Ma'lumot uchun,TMK avvalroq CERT International tomonidan korrupsiyaga qarshi boshqaruv bo‘yicha ISO 37001 hamda komplayens boshqaruvi bo‘yicha ISO 37301 xalqaro standartlariga muvofiqlik sertifikatlarini ham qo‘lga kiritgan edi.

 

Xalqaro komplayens standartlarining izchil joriy etilishi TMKning halollik, shaffoflik va mas’uliyatli korporativ boshqaruv tamoyillariga sodiqligini namoyon etadi. Shu bilan birga, kompaniyaning ishonchli sanoat hamkori sifatidagi mavqeini mustahkamlab, O‘zbekistonda zamonaviy va raqobatbardosh tog‘-kon sanoatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

TMK va yetakchi ilmiy institutlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
Uchrashuv
16.07.2026
TMK va yetakchi ilmiy institutlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
TMK Chemicals: Mustaqillikning 35 yilligiga 35 ta muhim fakt
TMK Chemicals
16.07.2026
TMK Chemicals: Mustaqillikning 35 yilligiga 35 ta muhim fakt
GEOMIN 2026: Dunyoning geologiya va kritik minerallar hamjamiyati O'zbekistonda uchrashadi
GEOMIN 2026
10.07.2026
GEOMIN 2026: Dunyoning geologiya va kritik minerallar hamjamiyati O'zbekistonda uchrashadi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring