🌎 Robototexnika, aviatsiya va zamonaviy mashinasozlikda murakkab geometrik shaklga ega, yengil va yuqori aniqlikdagi metall detallarga talab oshib bormoqda. Bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishning ilg‘or usullaridan biri metall 3D-bosma, ya’ni additiv texnologiyalardir.
💼 TMK R&D Parkda additiv texnologiyalar uchun metall kukunlari ishlab chiqarish va 3D-bosma yo‘nalishi rivojlantirilmoqda. Loyiha doirasida detal an’anaviy usulda kesib yoki qolipga quyib tayyorlanmaydi — u raqamli model asosida metall kukunidan qatlamma-qatlam shakllantiriladi.
⚙️ R&D Parkda Al, Co-Cr, Inconel va Ti qotishmalari asosidagi sferik metall kukunlari bilan ishlash ko‘zda tutilgan. Metall kukunlari ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 tonnagacha yetkazilishi rejalashtirilgan.
💠 Ushbu texnologiya murakkab shakldagi detallarni ishlab chiqarish, prototip va kichik seriyalarni tez tayyorlash, shuningdek material sarfi va ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish imkonini beradi. R&D Parkda additiv texnologiyalar mashinasozlik, aviatsiya va tibbiyot kabi yuqori texnologik sohalarga yo‘naltirilgan.
⚡️ Bu yo‘nalish orqali TMK kritik va texnologik metallarni faqat xomashyo sifatida emas, balki yuqori qo‘shilgan qiymatli material va tayyor texnologik mahsulotga aylantirish zanjirini rivojlantirmoqda.
#AdditiveManufacturing #Metal3DPrinting #MetalPowders #TMKRDPark #CriticalMetals #TechnologicalMetals #AdvancedMaterials #HighTechManufacturing #MechanicalEngineering #Aerospace #Innovation #ResearchAndDevelopment