O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) xalqaro reyting agentliklari bilan ilk muloqotni o‘tkazib, global moliya bozorlarida o‘z mavqeini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam tashladi.
Moody’s xalqaro reyting agentligi sammiti doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda TMKning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, strategik maqsadlari, istiqboldagi rivojlanish rejalari hamda keng ko‘lamli investitsiya dasturi batafsil taqdim etildi.
Moody’s vakillari kombinatning sanoat salohiyati, faoliyat yo‘nalishlari va strategik rivojlanish istiqbollariga ijobiy baho berib, uning kelgusidagi taraqqiyot imkoniyatlarini alohida ta’kidladilar.
Muzokaralar davomida TMK uchun kredit reytingini belgilashda qo‘llaniladigan baholash metodologiyasi ham muhokama qilindi. Agentlik vakillari ushbu jarayon yuzasidan batafsil ma’lumot va tegishli tavsiyalar taqdim etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
TMKning xalqaro reyting agentliklari bilan ilk uchrashuvi kelgusida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kombinatning xalqaro moliya bozorlarida tanilishini oshirish hamda investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
#TMK #OzTMK #Ozbekiston #Moodys #KreditReytingi #XalqaroMoliya #Investitsiyalar #InvestitsiyaviyJozibadorlik #XalqaroHamkorlik