Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK Koreya bilan ilg‘or kukun metallurgiya va magnit materiallar sohasida hamkorlik boshladi

 TMK Koreya bilan ilg‘or kukun metallurgiya va magnit materiallar sohasida hamkorlik boshladi 02.03.2026
TMK Koreya bilan ilg‘or kukun metallurgiya va magnit materiallar sohasida hamkorlik boshladi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati Janubiy Koreyada Center for Advanced Materials and Parts of Powder (CAMP²) hamda Korea Powder Metallurgy kompaniyalari bilan ilg‘or kukun metallurgiya va magnit materiallar sohasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

 

Hamkorlik kamyob yer elementlari (REE) asosidagi magnit materiallar va kukun metallurgiya texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.

 

Tomonlar yuqori samarali magnit kukunlar, yuqori soflikdagi magnit detallar hamda REE asosidagi sanoat komponentlarini O‘zbekistonda barqaror ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

 

Memorandum doirasida tomonlar: 
➡️  Kukun metallurgiya va kamyob yer elementlar asosidagi magnit materiallar sohasida ilg‘or texnologiyalar transferini amalga oshirish;
➡️  Magnit kukun materiallar, yuqori sof magnit materiallar hamda yangi turdagi materiallarni ishlab chiqish;
➡️  Ilg‘or texnologiyalarni pilot va sanoat miqyosida joriy etish hamda ularni mahalliylashtirish dasturlariga adaptatsiya qilish;
➡️  O‘zbekistonda kamyob yer elementlari magnit materiallari texnologiyalarini joriy etish;
➡️  Stajirovkalar, sanoat amaliyotlari va ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida hamkorlik qiladi.

 

Shuningdek, tomonlar kukun metallurgiya sohasida amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, qo‘shma grant loyihalarida ishtirok etish, laboratoriya sinovlari va materiallar xarakteristikasini baholash, ilmiy maqolalar va patent faoliyatini rivojlantirishga kelishib oldilar.

 

Ma'lumot uchun, CAMP² — Janubiy Koreyaning ilg‘or materiallar muhandisligi, kukun metallurgiya va magnit materiallar ishlab chiqish sohasiga ixtisoslashgan yetakchi ilmiy-tadqiqot markazi. Markaz fundamental va amaliy tadqiqotlarni sanoat ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish hamda texnologiyalarni tijoratlashtirishga yo‘naltirilgan.

TMK va yetakchi ilmiy institutlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
Uchrashuv
16.07.2026
TMK va yetakchi ilmiy institutlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
TMK Chemicals: Mustaqillikning 35 yilligiga 35 ta muhim fakt
TMK Chemicals
16.07.2026
TMK Chemicals: Mustaqillikning 35 yilligiga 35 ta muhim fakt
GEOMIN 2026: Dunyoning geologiya va kritik minerallar hamjamiyati O'zbekistonda uchrashadi
GEOMIN 2026
10.07.2026
GEOMIN 2026: Dunyoning geologiya va kritik minerallar hamjamiyati O'zbekistonda uchrashadi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring