Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK-KOREYA: TEXNOLOGIYA TRANSFERI BO‘YICHA UZOQ MUDDATLI SANOAT HAMKORLIGI

 TMK-KOREYA: TEXNOLOGIYA TRANSFERI BO‘YICHA UZOQ MUDDATLI SANOAT HAMKORLIGI 29.01.2026
TMK-KOREYA: TEXNOLOGIYA TRANSFERI BO‘YICHA UZOQ MUDDATLI SANOAT HAMKORLIGI

 


 

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati tizimidagi TMK Smart Powder va Koreya Respublikasining kukun metallurgiyasi sohasidagi yetakchi kompaniyasi Korea Powder Metallurgy o‘rtasida uzoq muddatli sanoat hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.


 

Ushbu kelishuv doirasida O‘zbekistonda kukun metallurgiyasi asosida avtomobil sanoati uchun yuqori aniqlikdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish tashkil etiladi. Bu sanoatda ilg‘or texnologiyalar transferi va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish sari muhim qadamdir.


 

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan sanoatni chuqur modernizatsiya qilish, texnologiyalar transferi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ustuvor vazifalarga to‘liq mos keladi.


 

 Asosiy natijalar:


 

8 turdagi mahsulot mahalliylashtiriladi


 

50 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi


 

Mahsulotlar ichki bozor bilan birga eksportga yo‘naltiriladi


 

Kukun metallurgiyasi — murakkab va yuqori aniqlik talab etiladigan detallarni ishlab chiqarish, metall chiqindilarini keskin kamaytirish hamda resurslardan maksimal samaradorlik bilan foydalanish imkonini beruvchi ilg‘or sanoat texnologiyasidir.

Loyiha doirasida ishlab chiqarishdagi chiqindi metall ulushi 4 foizdan oshmaydi, bu esa zamonaviy ekologik va sanoat standartlariga to‘liq javob beradi.


 

Muhim jihati shundaki, mazkur kelishuv TMK tizimida ilk bor texnologiya transferiga yo‘naltirilgan Technology Development Agreement formatida imzolandi va kamida 10 yillik strategik sherikchilik asosida amalga oshiriladi.


 

Ma’lumot uchun: Korea Powder Metallurgy — avtomobil sanoati uchun kukun metallurgiyasi asosida yuqori aniqlikdagi detallar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniya bo‘lib, GM Motors Powertrain’ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot yetkazib beradi hamda BIQS 5 xalqaro sertifikatiga ega.

🎙TMK ekspertlari UIMF 2026 sahnasida!
UIMF2026
24.10.2026
🎙TMK ekspertlari UIMF 2026 sahnasida!
⚡️C5+1: TMK yirik xalqaro kompaniyalar bilan kritik minerallar böyicha muzokaralar ötkazdi
uchrashuv
21.10.2026
⚡️C5+1: TMK yirik xalqaro kompaniyalar bilan kritik minerallar böyicha muzokaralar ötkazdi
Societe Generale: “TMK bilan o‘n yillik hamkorlikka tayyormiz”
Intervyu
20.10.2026
Societe Generale: “TMK bilan o‘n yillik hamkorlikka tayyormiz”

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring