ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK R&D Park: ilm-fan va sanoat integratsiyasida yangi xalqaro hamkorliklar

 TMK R&D Park: ilm-fan va sanoat integratsiyasida yangi xalqaro hamkorliklar 08.04.2026
TMK R&D Park: ilm-fan va sanoat integratsiyasida yangi xalqaro hamkorliklar

 O‘zbekiston texnologik metallar kombinati tasarrufidagi R&D Park delegatsiyasi yuqori texnologiyali materiallar va ularning sanoatga joriy etilishiga xizmat qiluvchi aniq hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish maqsadida amaliy tashrif bilan Belarus Respublikasida bo'ldi.

 

Tashrif doirasida yetakchi ilmiy -texnik va ilmiy-ishlab chiqarish markazlari, xususan, Belarus Milliy fanlar akademiyasi, Belarus FAN Materialshunoslik bo‘yicha ilmiy-amaliy markazi, Belarus Fizika-texnika instituti, akademik O.V. Romanov nomidagi Kukunli metallurgiya instituti hamda “NPO Center” AJ bilan muzokaralar o‘tkazildi.

 

Muzokaralar quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratildi:

- sun’iy olmoslar va ilg‘or CVD qoplamalar;
-  qattiq materiallar va kukunli metallurgiya texnologiyalari;
-  additiv texnologiyalar (3D printing);
-  plazma texnologiyalari va yangi avlod himoya qoplamalari.

 

Tashrif yakunida Belarus Milliy fanlar akademiyasi hamda akademik O.V. Romanov nomidagi Kukun metallurgiya instituti bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

 

Unga ko'ra, qo‘shma ilmiy-tadqiqot (R&D) loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilib, texnologiya transferi va tajriba uchastkalarini yaratish yo‘nalishlari belgilandi.

 

Shuningdek, “NPO Center” AJ  tomonidan O‘zbekistonda R&D PARK rezidenti sifatida  faoliyatini tashkil etish bo‘yicha samarali muzokara olib borildi.

TMK Yaponiyaning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan samarali uchrashuv o'tkazdi
TMK
01.06.2026
TMK Yaponiyaning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan samarali uchrashuv o'tkazdi
Zamonaviy konchilik va ESG: TMKda xalqaro seminar o'tkazildi
Seminar-trening
26.05.2026
Zamonaviy konchilik va ESG: TMKda xalqaro seminar o'tkazildi
TMK Xitoyda O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyatini namoyish etdi
Forum
26.05.2026
TMK Xitoyda O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyatini namoyish etdi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar