Kuchli sanoatning asosi bilim, taraqqiyotning muhim omili esa yuksak intellektual salohiyatdir!
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mezbonligida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqasi yuqori saviyada yakunlandi.
🏆 13 ta tashkilotdan 25 ta jamoa va 150 nafar ishtirokchini birlashtirgan bellashuv bilim, zukkolik, tezkor fikrlash va jamoaviy hamkorlikning yorqin namoyishiga aylandi.
🥇 Musobaqada Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Zakovat” kubogi sohibiga aylandi. TMKning “Kelajak liderlari”, “Sanoat kelajagi” va “Nodir zehnlar” jamoalari ham yuqori natijalar qayd etib, o‘z bilim va intellektual salohiyatini munosib namoyish etdi.
💠 TMK uchun intellektual salohiyatni rivojlantirish kelajak sanoatiga kiritilgan muhim sarmoyadir. Zero, sanoatning ertangi yutuqlari bugungi bilimli va izlanuvchan mutaxassislar qo‘lida!
#TMK #UzTMK #Zakovat #Zakovat2026 #IntellektualMusobaqa #TogKonSanoati #Geologiya #IntellektualSalohiyat #YoshMutaxassislar #NavoiyKonchilikUniversiteti