Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish bo‘yicha yirik xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi

 TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish bo‘yicha yirik xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi 14.10.2026
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish bo‘yicha yirik xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi


O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) yirik institutsional investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish va yangi moliyaviy imkoniyatlarni shakllantirish yo‘lida muhim qadam tashladi.

Toshkentda Citi banki tomonidan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Gruziya bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro investorlar tashrifi doirasida TMK rahbariyati Buyuk Britaniyaning Schroders investitsiya kompaniyasi, AQShning Sandglass Capital Management investitsiya fondi hamda Citi banki vakillari bilan uchrashdi.
 

Muzokaralarda xalqaro moliya bozorining yirik ishtirokchilari qatnashdi. Xususan, Buyuk Britaniyaning Schroders kompaniyasi boshqaruvidagi aktivlar hajmi 867,8 milliard funt sterlingni tashkil etadi. AQShning Sandglass Capital Management investitsiya fondi esa rivojlanayotgan bozorlardagi suveren va korporativ qarz qimmatli qog‘ozlariga ixtisoslashgan.

Uchrashuvda TMKning rivojlanish strategiyasi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, sanoat quvvatlarini kengaytirish rejalari hamda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari taqdim etildi. Xorijiy investorlar kombinat loyihalariga qiziqish bildirdilar.

Muzokaralarning asosiy masalalaridan biri TMK aksiyalarini 2028-yilda birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) rejasi bo‘ldi. Shu doirada kompaniyaning xalqaro kredit reytingini olish hamda aksiyalarini fond birjasiga chiqarish istiqbollari muhokama qilindi. Xorijiy investorlar ushbu jarayonlarda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirib, tomonlar kelgusida hamkorlik va muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

TMK mezbonligida “Zakovat” intellektual musobaqasi yakunlandi!
Zakovat
13.10.2026
TMK mezbonligida “Zakovat” intellektual musobaqasi yakunlandi!
UIMF 2026: O‘zbekiston xalqaro investorlar uchun kritik minerallar sohasida yangi hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etadi
UIMF 2026
13.10.2026
UIMF 2026: O‘zbekiston xalqaro investorlar uchun kritik minerallar sohasida yangi hamkorlik imkoniyatlarini taqdim etadi
TMK va Buyuk Britaniya kritik minerallar bo‘yicha strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
uchrashuv
10.10.2026
TMK va Buyuk Britaniya kritik minerallar bo‘yicha strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring