TMK dunyoda tan olingan bir qator yetakchi tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Ular:
InfraVia infratuzilma va texnologiya sohalarida ixtisoslashgan Yevropa kapital kompaniyasi bilan hamkorlik TMKga texnologik va infratuzilma rivojlanishining yangi bosqichiga chiqish imkonini beradi.
Toronto Stock Exchange va TSX Venture Exchange
Kanadaning yetakchi fond birjalari bilan hamkorlik qilish TMK uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirib, xalqaro investitsiyalarni jalb etish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
Trafigura global miqyosda xomashyo savdosi va resurslarni boshqarish sohasida yetakchi kompaniya bo‘lib, u bilan hamkorlik TMKga xomashyo ta’minoti zanjirini optimallashtirish, global bozorlarda faol ishtirok etish va strategik resurslar bilan barqaror ta’minotni ta’minlash imkonini beradi.
Beacon yetakchi raqamli texnologiyalar platformasi bo‘lib, ushbu hamkorlik TMKga ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini taqdim etadi.
TMK bu kabi samarali xalqaro hamkorliklar tuzishda davom etadi.