Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMKda Xitoy bilan texnologik metallar bo‘yicha yangi istiqbollar

 TMKda Xitoy bilan texnologik metallar bo‘yicha yangi istiqbollar 09.12.2025
TMKda Xitoy bilan texnologik metallar bo‘yicha yangi istiqbollar

Bugun Xitoyning O‘zbekiston kritik minerallar sektoriga qiziqishi sezilarli darajada ortib bormoqda. Kuni kecha TMK bosh ofisida Xitoyning yirik davlat muhandislik-qurilish korporatsiyasi CNCEC Sixth Construction kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham bu jarayonning yaqqol tasdig‘i bo‘ldi.

 

Uchrashuv avvalida tomonlar o‘z faoliyat yo‘nalishlari va amaldagi loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdi. Asosiy e’tibor volfram loyihalari hamda ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyatlariga qaratildi.

 

Tomonlar texnogen chiqindilardan qimmatli komponentlarni ajratib olish, istiqbolli kon maydonlarini baholash, geologik izlanishlarni rivojlantirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli volfram mahsulotlari ishlab chiqarish borasida fikr almashdilar.

 

Mazkur uchrashuv TMK va CNCEC o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikning boshlanishi sifatida qayd etildi.

 

Ma’lumot uchun, CNCEC – Xitoyning eng yirik davlat injenerlik-qurilish korporatsiyalaridan biri bo‘lib, xalqaro miqyosda sanoat inshootlari, qayta ishlash majmualari va zavodlar qurilishi bo‘yicha keng tajribaga ega. Kompaniya 50 dan ortiq davlatda yirik loyihalarni amalga oshirgan.

Made in Uzbekistan: Dunyoga O‘zbekiston nomi bilan
jarayon
28.08.2026
Made in Uzbekistan: Dunyoga O‘zbekiston nomi bilan
Bir Vatan, bir jamoa, bir maqsad
jarayon
27.08.2026
Bir Vatan, bir jamoa, bir maqsad
Dilnoza Nurmatova uchun bu oddiy ish emas. Bu o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqat va oilaviy sulolani davom ettirish
jarayon
26.08.2026
Dilnoza Nurmatova uchun bu oddiy ish emas. Bu o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqat va oilaviy sulolani davom ettirish

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring