💠InnoWeek 2026 xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi yakunlandi. Unda Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) zamonaviy metallurgiya, ilğor texnologiyalar va ilmiy işlanmalar böyiça öz imkoniyatlarini namoyiş etdi.
💠 TMK stendida tibbiyot, aviatsiya, elektronika va energetika uçun möljallangan innovatsion mahsulotlar alohida e’tibor markazida böldi. Xususan, R&D Parkning 3D bosma texnologiyalari asosida tayyorlangan sun’iy böğim qismlari, murakkab sovitiş kanallariga ega turbina parraklari, dvigatel porşenlari va boşqa yuqori aniqlikdagi sanoat detallari taqdim etildi.
⚙️ Yuqori soflikdagi metallar va maxsus qotışmalar ham ekspozitsiyadan keng örin oldi. Jumladan, 99,999 foiz soflikdagi selen va tellur, 99,99 foizlik reniy, volfram, molibden va mis asosidagi qotışmalar namoyiş qilindi.
⚡️ Geologiya va konçilik uçun sun’iy intellekt yeçimlari, ScienceXchange platformasi hamda startaplarni rivojlantiriş imkoniyatlari ham taniştirildi.
🤝 Haftalik doirasida TMK törtta texnika universiteti bilan hamkorlik şartnomalarini imzoladi. Kelişuvlar ilmiy tadqiqotlar, muhandislar tayyorlaş va yangi işlanmalarni sanoatga joriy etişga qaratilgan. sanoatga joriy etishga qaratilgan.