💠 TMK UIMF 2026 forumining bosh hamkori sifatida faol ishtirok etdi. Kombinat forumda nafaqat o‘z tashabbuslarini taqdim etdi, balki xalqaro biznes uchrashuvlari va investorlar bilan ochiq muloqotlar ham o‘tkazdi.
🎙 Forumning to‘rtta muhim strategik sessiyasida TMK vakillari spiker sifatida qatnashib, kritik minerallarni chuqur qayta ishlash, yangi avlod metallurgiyasi, global sanoat integratsiyasi, yashil energetika va ESG yo‘nalishlaridagi tashabbuslarni ilgari surdi.
🤝 Forum doirasida xalqaro investorlar, yirik sanoat kompaniyalari va texnologik hamkorlar bilan samarali muzokaralar o‘tkazilib, istiqbolli loyihalar yuzasidan muhim kelishuvlarga erishildi.
🎥 TMKning maxsus media zonasida 20 nafarga yaqin investor va soha vakillari O‘zbekistonning kritik minerallar bozoridagi imkoniyatlari, global talab va xalqaro hamkorlik istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
💠 UIMF 2026 TMK uchun nafaqat xalqaro tajriba almashish, balki yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va O‘zbekistonning global kritik minerallar ta’minot zanjiridagi ishtirokini kengaytirish uchun muhim maydon bo‘ldi.
#TMK
#UIMF2026
#MiningMetalsUzbekistan2026