Özbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) iştirokida Özbekiston va Koreya nodir metallar markazi böyiça ikki tomonlama qöşma qömitaning oltinçi yiğilişi bölib ötdi. Unda ODA dasturining amalga oşirilişi ijobiy baholanib, kelgusi hamkorlikning amaliy vazifalari belgilandi.
💠 Koreya Respublikasi ODA dasturi doirasida Özbekistondagi ilmiy markazga 21 turdagi zamonaviy laboratoriya va yarimsanoat uskunalarini yetkazib berdi. Yiğilişda ulardan foydalanış rejalari hamda TMK va R&D Park tomonidan işlab çiqariş texnologiyalarini rivojlantiriş böyiça tayyorlangan yöl xaritasi taqdim etildi.
🎓 20 nafar muhandisni ikki bosqiçda öqitiş böyiça kelişuvga erişildi. Şuningdek, qöşma öquv dasturlari, mentorlik, ekspertlar bilan tajriba almaşiş va uskunalarga texnik xizmat körsatiş tizimini rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.
🤝 Tomonlar nodir metallarni yetkazib berişda sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, KOTRA orqali axborot almaşiş hamda TMK, R&D Park, Özbekistonning ilmiy muassasalari va Koreya tashkilotlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş böyiça kelgusi vazifalarni muhokama qildi.
#TMK #ÖzbekistonKoreya #NodirMetallar #ODA #XalqaroHamkorlik #TexnologikRivojlaniş