Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va Kanada innovatsiya markazlari o‘rtasida R&D bo'yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

 TMK va Kanada innovatsiya markazlari o‘rtasida R&D bo'yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda 10.03.2026
TMK va Kanada innovatsiya markazlari o‘rtasida R&D bo'yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Kanadaga xizmat safari doirasida TMK delegatsiyasi Ontario provinsiyasining Sudbury shahrida joylashgan Centre for Excellence in Mining Innovation (CEMI) innovatsiya markazida bo'ldi.

 

Uchrashuvda O'zbekiston va Kanada o'rtasida tog‘-kon sanoatida ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro ilmiy-sanoat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Xususan, R&D yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, CEMI ekotizimiga kiruvchi 120 dan ortiq rezident kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ularni TMK tasarrufidagi R&D Park va Kelajak metallari texnoparkiga jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

 

Muzokaralar yakunida xalqaro biznes akkreditatsiya dasturini joriy etish, shuningdek, CEMI ekotizimiga kiruvchi kompaniyalar va tadqiqot markazlari uchun O‘zbekistonga tashrif tashkil etish, TMK zavodlari va texnoparklari faoliyati bilan tanishtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Shuningdek, delegatsiya Mississauga shahridagi Process Research Ortech laboratoriyasiga ham tashrif buyurdi. Uchrashuvda laboratoriyani TMK texnoparklariga rezident sifatida jalb qilish, laboratoriya va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma R&D dasturlarini amalga oshirish hamda metallurgiya va qayta ishlash texnologiyalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Adani Group va TMK: yangi investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari
Uchrashuv
18.08.2026
Adani Group va TMK: yangi investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari
TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda
ESG
14.08.2026
TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda
TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi
jarayon
13.08.2026
TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring