O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) ekologik samaradorlikni sanoat rivojlanishining muhim mezoniga aylantirmoqda.
⚡️ Bugungi kunda TMK obyektlarida quyosh elektr stansiyalarining umumiy quvvati 2 070 kVtni tashkil etadi. Ular yiliga 2,3 mln kVt·soat toza elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Quyosh energetikasi va ko‘kalamzorlashtirish hisobiga yiliga 1 265,8 tonna CO₂ chiqindilarining oldi olinmoqda.
TMK obyektlarida 9 500 dan ortiq daraxt mavjud bo‘lib, ular yiliga taxminan 209 tonna CO₂ ni yutadi. Yillik issiqxona gazlari chiqindilari hajmi **42,835 tonna CO₂-ekv.**ni tashkil etadi. Korxonalarda yillik suv iste’moli 4,753 mln m³, yil davomida hosil bo‘ladigan chiqindilar hajmi esa 265 tonnani tashkil etadi..
🎯 2030-yilgacha asosiy maqsadlar:
🟢issiqxona gazlari chiqindilarini 40%ga kamaytirish;
🟢qayta tiklanuvchi energiya ulushini 25%ga yetkazish;
🟢 suvdan qayta foydalanishni 98%ga chiqarish;
🟢 chiqindilarning 95%ini qayta ishlash.
✅ TMK uchun “yashil sanoat” — bu kelajak konsepsiyasi emas, bugundan boshlangan amaliy transformatsiya.
#TMK #ESG #BarqarorRivojlanish #YashilSanoat #YashilEnergetika #QaytaTiklanuvchiEnergiya #EkologikMasuliyat #Dekarbonizatsiya #UglerodIziniKamaytirish #SuvResurslari #ChiqindilarniQaytaIshlash #AtrofMuhit #KritikMinerallar #TexnologikMetallar