Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

5 mln sanoat roboti: yuqori texnologiyalar kritik metallarga tayanmoqda

 5 mln sanoat roboti: yuqori texnologiyalar kritik metallarga tayanmoqda 25.09.2026
5 mln sanoat roboti: yuqori texnologiyalar kritik metallarga tayanmoqda

2025-yil yakuniga ko‘ra, dunyo zavodlarida ishlayotgan sanoat robotlari soni rekord darajadagi 5 milliontaga yetdi. Bir yilning o‘zida 600 mingdan ortiq yangi robot o‘rnatildi. Bu sanoat avtomatlashtirish jarayonlari jadal sur’atlarda davom etayotganini ko‘rsatmoqda.

🇺🇿 Joriy yil 16-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda sun’iy intellekt, robototexnika, energetika va boshqa strategik tarmoqlarning jadal rivojlanishi litiy, volfram va boshqa muhim metallar xomashyo bazasiga tayanishi qayd etildi. 

💼 TMK R&D Park kritik minerallar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amaliy texnologiyalar va sanoat bilan bog‘lashga qaratilgan. Bu yerda ish faqat laboratoriya tadqiqoti bilan cheklanmaydi: namunani o‘rganishdan boshlab, texnologiyani ishlab chiqish va pilot sinovdan o‘tkazish, keyinchalik uni tijoratlashtirish hamda innovatsion mahsulot yaratishgacha bo‘lgan jarayon yo‘lga qo‘yilmoqda.

⚙️Shu maqsadda R&D Park tarkibida Markaziy nano-tahlil laboratoriya, O‘zbekiston-Koreya nodir metallar markazi, Arbitraj ombori, Texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish markazi, Yuqori soflikdagi metallar markazi, Additiv texnologiyalar markazi hamda Texnologiyalarni transfer qilish va tijoratlashtirish markazi faoliyat yuritadi. Shuningdek, R&D Park rezidentlari uchun alohida ekotizim shakllantirilmoqda.

💼 R&D Parkda zamonaviy sanoat uchun zarur raqamli texnologiyalarga ham e’tibor qaratilgan. Ishlab chiqarishning raqamli egizagi (Digital Twin), prediktiv tahlil, sanoat robototexnikasi va avtomatlashtirish raqamlashtirish va sun’iy intellekt bilan bog‘liq yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatilgan.

💠 R&D Parkning asosiy maqsadi ilm-fan va biznesni birlashtirib, kritik minerallar asosida qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar yaratish va ilmiy ishlanmalarni sanoatga olib chiqishdir.

 

#TMK #UzTMK #RDPark #CriticalMinerals #IndustrialRobotics #ArtificialIntelligence #DigitalTwin #Automation #AdvancedManufacturing #MiningInnovation #TechnologyTransfer #ResearchAndDevelopment #Innovation #CriticalMetals #FutureTechnologies #Uzbekistan #Industry40

 

TMK va Buyuk Britaniya kritik minerallar bo‘yicha strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
uchrashuv
10.10.2026
TMK va Buyuk Britaniya kritik minerallar bo‘yicha strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
⚡️ TMK va Moody’s: xalqaro moliyaviy hamkorlik sari muhim qadam
uchrashuv
09.10.2026
⚡️ TMK va Moody’s: xalqaro moliyaviy hamkorlik sari muhim qadam
STAMD 2026 TMK xalqaro ilmiy maydonda, ilg‘or texnologiyalar va sanoat hamkorligi diqqat markazida
uchrashuv
09.10.2026
STAMD 2026 TMK xalqaro ilmiy maydonda, ilg‘or texnologiyalar va sanoat hamkorligi diqqat markazida

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring