ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zTMK Yevrokomissiya bilan kritik minerallar bo‘yicha muhim uchrashuvda ishtirok etdi

 O‘zTMK Yevrokomissiya bilan kritik minerallar bo‘yicha muhim uchrashuvda ishtirok etdi 14.04.2025
O‘zTMK Yevrokomissiya bilan kritik minerallar bo‘yicha muhim uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zTMK vakillarining Belgiyaga safari doirasida Yevrokomissiyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha departament rahbari Ingrid Kailhol xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan muhim uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekistonning Bryusseldagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

 

Unda:
 

"Barqaror foydali qazilma xomashyo zanjirlarida strategik hamkorlik" mavzusidagi Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi 2025-2026-yillar uchun yo‘l xaritasining ijrosi;
 

Yevrokomissiya tomonidan Markaziy Osiyo uchun ajratilgan 12 mlrd. yevrolik Global Gateway investitsiya paketining kritik minerallar uchun taqsimlangan 2,5 mlrd. yevro mablag‘ini o‘zlashtirish shartlari;
 

 Joriy yil uchun ajratilgan texnik ko‘mak va geologik izlanishlar uchun mo‘ljallangan mablag‘larning amaliyotda qo‘llanishi kabi muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, qo‘shma loyihalarni shakllantirish va kritik xomashyolar zanjirini barqaror rivojlantirish borasida qat’iy pozitsiyada ekanliklarini bildirishdi.

 

Ushbu muloqot O‘zTMKning global kritik minerallar bozoridagi o‘rni va rolini mustahkamlash, innovatsion geologiya-qidiruv loyihalarini rivojlantirish uchun muhim zamin yaratadi.

TIIF 2026: TMK at the Uzbekistan–Türkiye Business Forum
TIIF 2026
12.06.2026
TIIF 2026: TMK at the Uzbekistan–Türkiye Business Forum
TIIF-2026: Koreya-O‘zbekiston  biznes forumi
TIIF-2026
11.06.2026
TIIF-2026: Koreya-O‘zbekiston biznes forumi
Yoshlar O‘zbekistonning eng muhim kapitali
TMK
11.06.2026
Yoshlar O‘zbekistonning eng muhim kapitali

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar