Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston dunyoning eng nufuzli kritik metallar uyushmasiga a’zo bo‘ldi

 O‘zbekiston dunyoning eng nufuzli kritik metallar uyushmasiga a’zo bo‘ldi 11.05.2026
O‘zbekiston dunyoning eng nufuzli kritik metallar uyushmasiga a’zo bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston global kritik minerallar sanoatining nufuzli va professional hamjamiyatlari tarkibiga jadal kirib bormoqda. 

Xususan, O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) dunyoning kritik metallar bozori bo‘yicha eng nufuzli xalqaro sanoat uyushmalaridan biri — Minor Metals Trade Association (MMTA)ning Markaziy Osiyo bo'yicha yagona to‘laqonli a’zosiga aylandi.

 

1973-yilda tashkil etilgan MMTA bugungi kunda kritik xomashyo resurslari, yuqori texnologik metallar va strategik global ta’minot zanjirlarini birlashtiruvchi dunyodagi eng yirik professional platformalardan biri hisoblanadi. Bugun aynan MMTA global kritik metallar bozori uchun professional standartlar, savdo qoidalari, xalqaro networking hamda strategik hamkorlik platformalarini shakllantiruvchi asosiy tashkilotlardan biri sifatida tan olinadi.



MMTA a’zoligi TMK uchun bir qator imkoniyatlarni ochadi. Jumladan:
⚡️ yangi global bozorlar,
⚡️ strategik investorlar,
⚡️ texnologik hamkorliklar,
⚡️ ilg‘or ishlab chiqarish yechimlari,
⚡️ xalqaro supply chain tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyalashish.

Shuningdek, mazkur a'zolik mamlakatimiz uchun yuqori qo‘shilgan qiymatli ishlab chiqarish, eksport geografiyasining kengayishi, yangi texnologiyalar transferi, xalqaro investorlar ishonchi hamda kritik minerallar bo‘yicha global pozitsiyaning mustahkamlanishini anglatadi.

Bugun TMK O‘zbekistonning global kritik minerallar xaritasidagi o‘rnini tobora kuchaytirib, xalqaro sanoat hamjamiyati tomonidan ishonchli va strategik hamkor sifatida tan olinmoqda.

Adani Group va TMK: yangi investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari
Uchrashuv
18.08.2026
Adani Group va TMK: yangi investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari
TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda
ESG
14.08.2026
TMK avtomatlashtirilgan ekologik monitoring tizimini joriy etmoqda
TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi
jarayon
13.08.2026
TMK va Fanlar akademiyasi hamkorligida Texnologiyalar transferi ofisi tashkil etiladi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring