Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

O‘zbekiston va Koreya: kukun metallurgiyasida qo‘shma loyihaga start berildi

 O‘zbekiston va Koreya: kukun metallurgiyasida qo‘shma loyihaga start berildi 26.09.2025
O‘zbekiston va Koreya: kukun metallurgiyasida qo‘shma loyihaga start berildi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati qoshida tashkil etilgan “UTMK Smart Powder” MChJ hamda Koreya Respublikasining yetakchi kompaniyalaridan biri – Korea Powder Metallurgy Co. Ltd. o‘rtasida qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan dastlabki shartnoma imzolandi.

 

Mazkur kelishuv kukun metallurgiyasi asosida detallar ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda yangi mahsulot turlarini yaratishni ko‘zda tutadi.

 

 Shartnoma ikki tomon uchun ham strategik ahamiyatga ega bo‘lib, mahalliy va xalqaro bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar taklif etish imkonini beradi.

 

Uchrashuv davomida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi:

 

zamonaviy kukun metallurgiyasi texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish;

yuqori sifatli sanoat detallarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish va texnologiya transferini amalga oshirish;

eksportbop mahsulotlar orqali O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

 

Loyihaning amalga oshirilishi mamlakat sanoat tarmoqlari uchun muhim ahamiyat kasb etib, metallurgiya sohasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga keng yo‘l ochadi.

 

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati qoshida tashkil etilgan “UTMK Smart Powder” – mamlakatimizda kukun metallurgiyasi yo‘nalishida yangi ufqlarni ochishga qaratilgan innovatsion korxona. 

 

Ushbu markaz nafaqat ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga, balki yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish orqali xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lishga intiladi.

TMK va Yaponiya ishbilarmon doiralari kritik minerallar sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Uchrashuv
11.09.2026
TMK va Yaponiya ishbilarmon doiralari kritik minerallar sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
TMK va Yevroosiyo taraqqiyot banki hamkorlikning amaliy mexanizmlarini muhokama qildi
Uchrashuv
11.09.2026
TMK va Yevroosiyo taraqqiyot banki hamkorlikning amaliy mexanizmlarini muhokama qildi
IMOA 2026: TMK O‘zbekiston molibden mahsulotlarining global bozorlaridagi ishtirokini kengaytirmoqda
IMOA 2026
10.09.2026
IMOA 2026: TMK O‘zbekiston molibden mahsulotlarining global bozorlaridagi ishtirokini kengaytirmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring