Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK “O‘zbekiston–Tojikiston” hududlararo forumida mintaqaviy hamkorlikni kengaytirmoqda

 TMK “O‘zbekiston–Tojikiston” hududlararo forumida mintaqaviy hamkorlikni kengaytirmoqda 24.03.2026
TMK “O‘zbekiston–Tojikiston” hududlararo forumida mintaqaviy hamkorlikni kengaytirmoqda

Bugun Jizzax viloyatida “O‘zbekiston–Tojikiston” II hududlararo forumi o‘tkazilib, ikki mamlakat o'rtasida  savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va biznes hamkorligini rivojlantirishga xizmat qildi.

 

Forum doirasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) B2B uchrashuvlar va muzokaralarda faol ishtirok etib, kritik minerallar sohasida yangi imkoniyatlarni muhokama qildi.

 

Xususan, TMK  tog‘-kon, ishlab chiqarish va savdo yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi Tojikistonning yirik sanoat va investitsiya guruhlaridan biri Avesto Group rahbariyati bilan muzokara olib bordi.

 

Unda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi:

🔹 surma (Sb) resurslarini birgalikda rivojlantirish;
🔹 kon chiqindilarini qayta ishlash va ulardan samarali foydalanish;
🔹 TMK mutaxassislarining Tojikistonga tashrifini tashkil etish va joylarda ishlab chiqarish obyektlari va aktivlarni o‘rganish.

 

Mazkur kelishuvlar ikki mamlakatning resurslari, tajribasi va sanoat salohiyatini uyg‘unlashtirish orqali kritik minerallar bo‘yicha mintaqaviy qiymat zanjirini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

 

Ta’kidlash joizki, mazkur forum Tojikiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26-mart kuni amalga oshirilgan davlat tashrifi arafasida tashkil etilib, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirishga xizmat qildi.

Made in Uzbekistan: Dunyoga O‘zbekiston nomi bilan
jarayon
28.08.2026
Made in Uzbekistan: Dunyoga O‘zbekiston nomi bilan
Bir Vatan, bir jamoa, bir maqsad
jarayon
27.08.2026
Bir Vatan, bir jamoa, bir maqsad
Dilnoza Nurmatova uchun bu oddiy ish emas. Bu o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqat va oilaviy sulolani davom ettirish
jarayon
26.08.2026
Dilnoza Nurmatova uchun bu oddiy ish emas. Bu o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqat va oilaviy sulolani davom ettirish

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring