Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

TMK va Standard Chartered: investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha muloqot

 TMK va Standard Chartered: investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha muloqot 17.09.2026
TMK va Standard Chartered: investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha muloqot

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) bosh ofisida Buyuk Britaniya xalqaro banki Standard Chartered Bank vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv 2026-yilgi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolangan Hamkorlik memorandumi asosidagi oʻzaro aloqalarning navbatdagi amaliy bosqichi bo‘ldi.

Standard Chartered bosh qarorgohi Londonda joylashgan Buyuk Britaniyaning yetakchi xalqaro bank guruhlaridan biri. 170 yildan ortiq tarixga ega bank 50 dan ortiq bozorlarda faoliyat yuritib, ayniqsa Osiyo, Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng faoliyat olib boradi.

Uchrashuv davomida tomonlar TMKning investitsiya dasturi, amaldagi va istiqbolli loyihalari, shuningdek, ularni moliyalashtirishning mumkin bo‘lgan tuzilmalari va zamonaviy moliyaviy instrumentlarini muhokama qildilar.

Alohida e’tibor eksport-kredit agentliklari (ECA) kafolati bilan moliyalashtirishni jalb etish, xalqaro kapital va bank moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish hamda istiqbolli sanoat loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlariga qaratildi.

Standard Chartered bilan hamkorlik TMKning xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarini mustahkamlash va investitsiya loyihalari uchun yangi moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
uchrashuv
31.10.2026
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
RMAP Conformant
31.10.2026
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
uchrashuv
30.10.2026
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring