Toshkent shahrida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) rahbariyati hamda Yaponiya–O‘zbekiston iqtisodiy qo‘mitasi raisi, Mitsubishi Corporation prezidenti va bosh ijrochi direktorining katta maslahatchisi Masayuki Tanimoto boshchiligidagi Yaponiya ishbilarmon doiralari delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya tarkibida Mitsubishi Corporation, Marubeni Corporation, Innoventier LPC, URYU & ITOGA, Nippon Export and Investment Insurance (NEXI), Japan Business Association ROTOBO va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi
Muzokaralarda kritik minerallar sohasida O‘zbekiston–Yaponiya hamkorligini kengaytirish, investitsiya va moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirish, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda barqaror ta’minot zanjirlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yaponiya tomoni kritik xomashyo ta’minot zanjirlarini diversifikatsiya qilish va ishonchli hamkorlar bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, O‘zbekistonni ushbu yo‘nalishda istiqbolli hamkor sifatida ko‘rayotganini bildirdi.
Xususan, kritik metallarni Yaponiya bozoriga yetkazib berish, istiqbolli kon va qayta ishlash loyihalariga yapon kompaniyalarini jalb qilish, Yaponiya moliya institutlari ishtirokida loyihalarni moliyalashtirish, “Kelajak metallari” texnoparki doirasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish, R&D Park doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ilg‘or yapon texnologiyalarini joriy etish yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish taklif etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni birgalikda o‘rganish, Yaponiya kompaniyalari va moliya institutlari bilan manzilli muzokaralarni davom ettirish hamda aniq investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy takliflarni shakllantirish bo‘yicha ishlarni faollashtirishga kelishib oldilar.
_1789125688.jpg)
_1789125487.jpg)
_1789125487.jpg)
#Uzbekistan #Japan #CriticalMinerals #MiningInvestment #MitsubishiCorporation #TechnologyTransfer #TMK