O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 martdagi PQ-128-son qaror 1-ilova 7-band BM-234, 1-ilova 22 va 23-bandlarida belgilangan vazifalar asosida amalga oshirilishi lozim bo`lgan. Obyekt atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifasi sifatida baholansin; konni qazib olish, karerlar va boyitish fabrikasi bir butun texnologik kompleks sifatida qamrab olinsin.
ATTA materiallari amaldagi tartibda, qurilishdan to konni yopish va rekultivatsiyagacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab olgan holda ishlab chiqilsin. Ishlab chiquvchi tashkilot qonunchilikda belgilangan malaka va tashkiliy talablarga javob berishi, hisob-kitoblar va tadqiqotlar malakali mutaxassislar tomonidan bajarilishi lozim.
Tijorat taklifi texnik topshiriqda belgilangan ishlar hajmi, bajarish muddati, xizmatlar qiymati hamda boshqa zarur shartlarni to‘liq qamrab olishi lozim.
Tijorat takliflarini belgilangan tartibda yoki info@uztmk.uz elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz.