«Sarikul» volfram konini o‘zlashtirish loyihasi doirasida zarur ishlarni amalga oshirish.
«O‘zbekiston TMK» AJ rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqqa asosan, «Sarikul» volfram konini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirish maqsadida texnik topshiriqda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun pudrat tashkiloti bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish uchun o‘z tijorat takliflaringizni taqdim etishingizni so‘raymiz.
Tijorat taklifi texnik topshiriqda belgilangan ishlar hajmi, bajarish muddati, xizmatlar qiymati hamda boshqa zarur shartlarni to‘liq qamrab olishi lozim.
Tijorat takliflarini belgilangan tartibda yoki info@uztmk.uz elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz.