XARID QILINADIGAN XIZMATNING TO‘LIQ NOMI
«Kelajak metallari texnoparki» uchun Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan ssenariy asosida davomiyligi 3 (uch) daqiqa bo‘lgan investitsiya-imidj videorolikini yuqori professional darajada ishlab chiqarish xizmatlari: tayyorgarlik (pre-prodakshn), kinokameralarda suratga olish va aerosyomka, 3D-grafika va vizual effektlar, postprodakshn, o‘zbek, rus va ingliz tillarida ovoz berish hamda tayyor materiallarni topshirish.
Tijorat taklifi texnik topshiriqda belgilangan ishlar hajmi, bajarish muddati, xizmatlar qiymati hamda boshqa zarur shartlarni to‘liq qamrab olishi lozim.
Tijorat takliflarini belgilangan tartibda yoki info@uztmk.uz elektron manziliga yuborishingizni so‘raymiz.