«O‘zbekiston TMK» AJ Respublika bo‘ylab loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun rekruter mutaxassisini taklif etadi.
Xizmatlar doirasidagi asosiy vazifalar:
vakansiyalarni yopish: nomzodlarni tanlash, baholash, suhbat o‘tkazish, ish taklifini (offer) rasmiylashtirish;
yangi xodimlarni moslashtirish (adaptatsiya) va sinov muddatini kuzatib borish;
Tahlil va xodimlar bo‘yicha hisobotlarni yuritish.
Mutaxassisga qo‘yiladigan talablar:
oliy yoki o‘rta ma’lumot;
rekrutingda kamida 2 yillik tajriba;
xodimlarni tanlashda amaliy tajriba, shu jumladan ommaviy tanlov;
hh.uz, LinkedIn va boshqa qidiruv kanallari bilan ishlash tajribasi;
o‘zbek va rus tillarini bilish; ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi;
MS Office dasturlarini (Excel, Word, PowerPoint) ishonchli bilish;
sun’iy intellekt vositalari bilan ishlash tajribasi afzallik hisoblanadi.
Qiziqish bildirgan mutaxassislardan rezyume va tijorat takliflarini info@uztmk.uz elektron pochta manziliga yoki belgilangan tartibda qog‘oz shaklida «O‘zbekiston TMK» AJga yuborishlari so‘raladi.