E`lon
Quytosh volfram koni chiqindilar omborida to‘plangan texnogen chiqindilarni qayta ishlash hamda konning asosiy va yordamchi bino-inshootlarini rekonstruksiya va modernizatsiyalash bo‘yicha Ishchi loyihani ishlab chiqish yuzasidan tijorat takliflari tanlovini e’lon qiladi!
Yillik quvvat: 300 000 tonna texnogen chiqindilarni qazib olish va qayta ishlash
Bajarish muddati: 4 oy
Bajariladigan asosiy ishlar:
1. Boyitish chiqindilarini qayta boyitishga tayyorlash va qayta boyitish korpusini (gravitatsion, flotatsiya, magnitli separatsiya uchastkalari) modernizatsiya qilish loyihasini tuzish;
2. Kontsentratlarni quritish, qo‘shimcha maydalash va yuklash tizimiga ega omborni modernizatsiyalash;
3. Infratuzilma, suv ta’minoti, ASKUE, ASU TP va yong‘inga qarshi tizimlarni loyihalash;
4. Atrof-muhit muhofazasi (EOB(ЗЭП) loyihasi va ekspertiza kuzatuvi) hamda Sanoat xavfsizligi bo‘limlarini ishlab chiqish;
5. Smeta hujjatlarini joriy narxlarda resurs usulida va QTL (Qurilishni tashkil etish loyihasi)ni tuzish.
Talab: Tog‘-kon va boyitish sohasida tegishli litsenziya hamda tajriba.
Tijorat taklifini asl nusxada info@uztmk.uz elektron manziliga yoki belgilangan tartibda yuborishingizni so‘raymiz.