Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

Muloqotdan natijaga: TMK “U.S.–Central Asia think tank forum”da ishtirok etdi

 Muloqotdan natijaga: TMK “U.S.–Central Asia think tank forum”da ishtirok etdi 04.10.2025
Muloqotdan natijaga: TMK “U.S.–Central Asia think tank forum”da ishtirok etdi

TMK boshqaruv raisi maslahatchisi, xalqaro ekspert Han Ilhan Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “U.S.–Central Asia Think Tank Forum” mintaqaviy fikr markazlari uchrashuvida ishtirok etdi.

 

Forumning asosiy mavzusi — Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi barqaror hamkorlikni mustahkamlash, iqtisodiy va resurs xavfsizligini ta’minlash, xususan kritik xomashyo (Critical Raw Materials, CRM) bo‘yicha yangi yechimlarni ishlab chiqish edi.
 

Han Ilhan o‘z taqdimotida O‘zbekistonning bu boradagi o‘ziga xos ustunliklarini namoyish etdi. Xususan, u TMKning “kon – metall – bozor” integratsiyalangan modelini taklif qilib, upstream, midstream va downstream bosqichlarini yagona zanjirda birlashtirgan tizim sifatida tanishtirdi.
 

Forumda ilgari surilgan asosiy g‘oya — muloqotni amaliy natijaga aylantirish. Ya’ni, mintaqaviy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, midstream qayta ishlash salohiyatini oshirish, hamkorlikdagi R&D va ta’lim dasturlarini rivojlantirish orqali Markaziy Osiyoda yangi ish o‘rinlari va barqaror iqtisodiy o‘sish poydevorini yaratishdir.
 

TMK ochiq muloqot va amaliy hamkorlik orqali xalqaro sheriklar bilan birgalikda innovatsiyalarni rivojlantirish, mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va Markaziy Osiyo uchun barqaror kelajak yaratish yo‘lida ishlashga tayyor.

⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
uchrashuv
31.10.2026
⚡️ TMK va Germaniyaning CRONIMET kompaniyasi sanoat hamkorligini kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
RMAP Conformant
31.10.2026
Özbekiston volfram sanoati uçun xalqaro e’tirof: TMK RMI doirasida muhim maqomga ega böldi
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
uchrashuv
30.10.2026
TMK xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring