Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

“Made in Uzbekistan” endi avtomobil detallarida ham namoyon bo‘ladi

 “Made in Uzbekistan” endi avtomobil detallarida  ham namoyon bo‘ladi 30.07.2026
“Made in Uzbekistan” endi avtomobil detallarida ham namoyon bo‘ladi

Bugungi kunda dunyo sanoatida raqobat endi faqat tabiiy resurslar hajmi bilan emas, balki ularni qanchalik chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarga aylantirish qobiliyati bilan ham belgilanmoqda. Ayniqsa, avtomobilsozlik, elektrotexnika va mashinasozlik kabi yuqori texnologiyali tarmoqlarda kukun metallurgiyasi eng istiqbolli ishlab chiqarish texnologiyalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, kukun metallurgiyasi bozori 2034-yilgacha deyarli ikki baravarga o‘sadi.

 

Yuqori sifatli metall kukunlari ishlab chiqarish quvvatlari dunyoning sanoqli hududlarida jamlangan bo‘lib, global ta’minot zanjirlari geosiyosiy omillarga nisbatan hanuz yuqori darajada sezgir bo‘lib qolmoqda. Ana shunday sharoitda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kukun metallurgiyasi detallari va boshqa yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni jadallashtirishga doir topshiriqlari ijrosi doirasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) tomonidan Smart Powder loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha mamlakatimizda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy sanoatni shakllantirish hamda global qiymat zanjirlarida O‘zbekistonning o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim bosqich hisoblanadi. Loyiha nafaqat zamonaviy kukun metallurgiyasi mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, balki O‘zbekistonni global ta’minot zanjirlarining ishonchli ishtirokchisiga aylantirishga ham xizmat qiladi. Uzoq muddatli maqsad esa Markaziy Osiyodagi eng yirik va eng ilg‘or kukun metallurgiyasi markazini barpo etishdir.

Mazkur loyiha mamlakatimiz tarixida ilk bor sanoat miqyosida kukun metallurgiyasi texnologiyasi asosida avtomobil dvigatellari uchun yuqori aniqlikdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Bu tashabbus nafaqat yangi ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirish, balki O‘zbekiston sanoatini xomashyo eksportchisidan yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoriga olib chiqishga xizmat qiladigan muhim sanoat transformatsiyasi hisoblanadi.

 

Yuqori qo‘shilgan qiymat sari

 

Bugungi global iqtisodiyotda eng katta daromad xomashyoni qazib olishdan emas, balki uni chuqur qayta ishlash orqali yaratilayotgan tayyor mahsulotlardan olinadi. SMART POWDER loyihasi aynan shu tamoyilga asoslangan. Temir va boshqa metall xomashyolarini yuqori aniqlikdagi avtomobil ehtiyot qismlariga aylantirish orqali mahsulot qiymati bir necha barobarga ortadi. Natijada mamlakat iqtisodiyoti yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi zamonaviy sanoat modeliga bosqichma-bosqich o‘tadi. Bu esa nafaqat import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, balki xalqaro bozorlarda raqobatbardosh eksport mahsulotlarini yaratish imkonini ham beradi.

 

Zamonaviy texnologiyalar asosidagi ishlab 

chiqarishning yangi bosqichi

 

Korxonada metall kukunlarini yuqori bosim ostida presslash, avtomatlashtirilgan sinterlash pechlari, atmosfera nazorati tizimlari, yuqori aniqlikdagi kalibrlash uskunalari, geometrik nazorat laboratoriyalari hamda raqamli ishlab chiqarish monitoringi joriy etiladi. Sifat menejmenti esa xalqaro ISO hamda IATF 16949 standartlari asosida tashkil etiladi. Bu esa mahsulotlarning xalqaro avtomobil sanoati talablariga to‘liq javob berishini ta’minlaydi.

 

Global tajriba va texnologiya transferi

Janubiy Koreyaning kukun metallurgiyasi bo‘yicha yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan Korea Powder Metallurgy (KPM) bilan yo‘lga qo‘yilgan strategik hamkorlik mazkur loyihaning muhim ustunliklaridan biridir. KPM xalqaro miqyosda tan olingan Tier-1 yetkazib beruvchi bo‘lib, Hyundai, Kia va Toyota kabi dunyoning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun mahsulot yetkazib beradi.

Hamkorlik doirasida nafaqat ilg‘or texnologiyalar transferi amalga oshiriladi, balki o‘zbekistonlik muhandislar va mutaxassislar uchun amaliy tayyorgarlik dasturlari, texnologik stajirovkalar, xalqaro sertifikatlash tizimlari ham joriy etiladi.

Bundan tashqari, KPM bilan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish bo‘yicha shartnoma ham imzolangan bo‘lib, bu loyiha mahsulotlari uchun xalqaro bozorlarning shakllanayotganini ko‘rsatadi.

 

Mahalliy sanoat uchun yangi imkoniyatlar

Smart Powder loyihasi faqat bitta korxona emas, balki butun sanoat ekotizimini shakllantirishga xizmat qiladi. Loyiha natijasida mamlakatimizda avtomobilsozlik va elektrotexnika sanoati o‘rtasida yangi kooperatsiya zanjiri yaratiladi. Mazkur mahsulotlar yuqori mustahkamligi, ishqalanishga chidamliligi, yuqori haroratda ishlash qobiliyati, aniq geometriyasi va uzoq yillik xizmat muddati bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, an’anaviy ishlab chiqarish texnologiyalariga nisbatan mahsulot tannarxining pastligi ham loyiha raqobatbardoshligini oshiradi.

 

Mahalliylashtirish va eksport strategiyasi

Loyiha ikki asosiy yo‘nalishda rivojlantiriladi. Birinchi bosqichda ishlab chiqarilgan mahsulotlar UzAuto Motors Powertrain ehtiyojlarini qondirish orqali mahalliylashtirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Keyingi bosqichlarda esa mahsulotlarni Janubiy Koreya, Eron, Malayziya, AQSH va boshqa xorijiy bozorlarga eksport qilish rejalashtirilgan. Dastlab ayrim metall kukunlari hamda texnologik komponentlar import qilinadi. Ammo loyiha rivojlanishi bilan mahalliy temir kukunlari, qoliplar, yordamchi materiallar va muhandislik xizmatlari ulushi bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Natijada mamlakat ichida yanada ko‘proq qo‘shilgan qiymat yaratiladi va sanoatning mahalliy kompetensiyasi mustahkamlanadi.


Inson kapitaliga investitsiya

Har qanday yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning asosiy kuchi malakali mutaxassislardir. Loyihaning birinchi bosqichida 47 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, koreyalik mutaxassislar ishtirokida amaliy o‘quv dasturlari, texnologik stajirovkalar, muhandislarni qayta tayyorlash kurslari hamda xalqaro sertifikatlash tizimlari joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu esa mamlakatimizda kukun metallurgiyasi bo‘yicha yangi avlod muhandislarini shakllantirishga xizmat qiladi.


Markaziy Osiyoning yangi sanoat markazi

Smart Powder uzoq muddatli strategik maqsad sifatida Markaziy Osiyodagi eng yirik kukun metallurgiyasi markaziga aylanishni ko‘zlamoqda.

Kelgusida mahsulot nomenklaturasini 50 dan ortiq pozitsiyaga yetkazish, eksport ulushini sezilarli oshirish hamda avtomobil sanoati uchun xalqaro darajadagi Tier-1 yetkazib beruvchi maqomini yanada mustahkamlash rejalashtirilgan.

Bu esa O‘zbekistonni mintaqadagi yuqori texnologiyali metall mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha muhim sanoat markazlaridan biriga aylantiradi.


Kelajak sanoatiga qo‘yilgan investitsiya

Smart Powder oddiy ishlab chiqarish loyihasi emas. Bu texnologiyalar, innovatsiyalar va yuqori qo‘shilgan qiymat asosida yangi sanoat falsafasini shakllantirishga qaratilgan strategik tashabbusdir.

Loyiha orqali O‘zbekistonda ilk bor avtomobil sanoati uchun kukun metallurgiyasi asosida yuqori aniqlikdagi detallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish kengayadi, eksport salohiyati ortadi va mahalliy sanoatning texnologik darajasi yangi bosqichga ko‘tariladi.

Eng muhimi, Smart Powder O‘zbekistonning tabiiy resurslarini yuqori qo‘shilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlariga aylantirish orqali mamlakatni kelajak texnologiyalari uchun ishonchli ishlab chiqarish markaziga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

UZBEKISTAN’S CRITICAL METALS AMBITION: THE ROLE OF TMK
Mining Journal
16.04.2026
UZBEKISTAN’S CRITICAL METALS AMBITION: THE ROLE OF TMK
O‘ZBEKISTON KRITIK MINERALLAR ZANJIRINI MUSTAHKAMLAMOQDA
TMK Chemicals
21.07.2026
O‘ZBEKISTON KRITIK MINERALLAR ZANJIRINI MUSTAHKAMLAMOQDA
TMK – O‘zbekiston va AQSH munosabatlarida kritik minerallar ko‘prigi
TMK-AQSH
24.11.2025
TMK – O‘zbekiston va AQSH munosabatlarida kritik minerallar ko‘prigi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring