Saytdagi xatolik
Xatolik haqida xabar yuborish uchun 3 tadan 20 tagacha belgidan iborat xato matn qismini belgilang...

- So‘zdagi xatolik

To‘g‘ri variantni kiriting

ico
ico ico ico
Rangli sxemasi:
A A A
O‘lchov:
A A A A A
sound Ovozli hamroh
Saytda ovozli hamhroh funksiyasi mavjud. Matnni eshitish uchun uni sichqoncha bilan belgilang va paydo bo‘lgan ikonkani bosing.

INNOWEEK-2026: Markaziy Osiyoning yirik innovatsiyalar haftaligi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

 INNOWEEK-2026: Markaziy Osiyoning yirik innovatsiyalar haftaligi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi 30.09.2026
INNOWEEK-2026: Markaziy Osiyoning yirik innovatsiyalar haftaligi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

🌐 Bugun taraqqiyot ilm-fan, innovatsiya va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligiga tayanmoqda. Istiqbolli ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va tijoratlashtirish esa yangi texnologik taraqqiyotning muhim shartiga aylanmoqda.

🗓 27–29-oktabr kunlari Yangi Toshkent hududidagi CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazma markazida “InnoWeek-2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi. “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori ostidagi tadbir doirasida ko‘rgazma va yarmarka, forumlar, tanlovlar hamda mahalliy va xalqaro kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. 

💼 O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) haftalikda ilm-fan va ishlab chiqarishni bog‘laydigan ishlanma va texnologik yechimlarini namoyish etadi. TMK R&D Park tomonidan ilmiy ishlanmalar va tajriba namunalari, yangi innovatsion loyihalar, additiv texnologiyalar asosidagi mahsulot va prototiplar, shuningdek, yuqori tozalikdagi va sof metall namunalari taqdim etiladi. 

🤖 Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida TMK tomonidan ishlab chiqilayotgan ScienceXchange platformasi hamda sun’iy intellektning geologiya, konchilik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar va boshqaruv jarayonlarida qo‘llanilishiga oid amaliy yechimlar namoyish etiladi. 

💡 Haftalik davomida istiqbolli innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar va texnologik yechimlar saralanib, “G‘oyalar banki” shakllantiriladi. Eng istiqbolli loyihalarni R&D Park bazasida rivojlantirish, tajriba-sinovdan o‘tkazish, tijoratlashtirish va moliyalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

🎓 Yoshlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratiladi. Talabalar, magistrantlar, yosh olimlar va tashabbuskorlar o‘rtasida innovatsion g‘oyalar, amaliy ishlanmalar, ilmiy maqolalar va texnologik yechimlar bo‘yicha ochiq tanlov tashkil etiladi. Shuningdek, startaplar va ilmiy tashkilotlarni R&D Park rezidentligiga jalb etish, yosh tadqiqotchilar bilan hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan. 

📍 27–29-oktabr | CAEx Uzbekistan

⚡️ TMK va Moody’s: xalqaro moliyaviy hamkorlik sari muhim qadam
uchrashuv
09.10.2026
⚡️ TMK va Moody’s: xalqaro moliyaviy hamkorlik sari muhim qadam
STAMD 2026 TMK xalqaro ilmiy maydonda, ilg‘or texnologiyalar va sanoat hamkorligi diqqat markazida
uchrashuv
09.10.2026
STAMD 2026 TMK xalqaro ilmiy maydonda, ilg‘or texnologiyalar va sanoat hamkorligi diqqat markazida
⚡️O‘zbekiston–Jazoir: TMKda yangi sanoat loyihalari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
uchrashuv
07.10.2026
⚡️O‘zbekiston–Jazoir: TMKda yangi sanoat loyihalari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Bizning hamkorlarimiz

Foydali havolalar

Veb-saytni baholang
Muvaffaqiyatli yuborildi
ico
Sizning ishtirokingiz bizni yanada yaxshiroq bo‘lishga undaydi. Biz bilan birga ekaningizdan mamnunmiz.
Siz allaqachon o‘z bahoyingizni bergansiz
Bir necha kundan keyin qayta urinib ko‘ring